“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 13:28
ЎЗO‘Z

Bir guruh talonchilar ashyoviy dalillar bilan ushlandi

23 mar, 14:28 4 332 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir guruh talonchilar ashyoviy dalillar bilan ushlandi 2018 yil 16 mart kuni soat taxminan 03:00da noma’lum shaxslar Uchtepa tuman hududida joylashgan “Ideal” nomli supermarket yerto‘lasida joylashgan kompyuter o‘yinxonasida qorovul bo‘lib ishlovchi J. ismli shaxsga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 7 dona “Play Station” o‘yin apparatlari, 3 dona djoystiklari, tyuner va “Samsung” rusumli planshetlarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda 5 nafar gumon qilingan shaxs aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, 2018 yil 17 mart kuni soat taxminan 02:30da noma’lum shaxslar Chirchiq shahrida joylashgan “Alisher-Agro-Madad” fermer xo‘jaligi binosiga devordan oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, qorovul bo‘lib ishlovchi I. ismli shaxsga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, u yerdan “Roison” rusumli televizor, “DVD” pleyeri va “Nokiya” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan A. va B. ismli shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi, ya’ni o‘zganing mulkini hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 50
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 57
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 0
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 0
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • Bo‘limlar