“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 21:23
ЎЗO‘Z

Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan samarqandliklar uchun xushxabar

23 mar, 09:52 7 946 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan samarqandliklar uchun xushxabar 2018 yil 20 mart kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Haitov Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahri «Sentr trudovыx resursov» avtonom markazi direktori A.Chistyakovni qabul qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga iqtibos keltirgan holda Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Uchrashuvda Samarqand shahridagi Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini ketishdan oldin tayyorlash va jo‘natish markazi faoliyati va markaz uchun ajratilishi nazarda tutilgan Samarqand shahar, X.A.Vali ko‘chasi, 21-A-uy manzilida joylashgan (sobiq Stomatologiya instituti) binosining joriy ta’mirlanishi muhokama qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Haitov tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagini bildirgan fuqarolar uchun 2 oylik bepul rus tilini o‘qitish kurslarini tashkil etish kelishildi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyat filialiga Samarqand shahar Kasb-hunarga o‘qitish markazi va Yengil sanoat kasb-hunar kollejida malakasini oshirish va qayta o‘qitish kurslarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 2018 yilning 19 mart kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi binosida agentlik va Rossiyaning «Vinogradnaya loza» MChJ o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyada ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Bitimni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimov va «Vinogradnaya loza» MChJning vakolatli vakili M.Qamariddinova imzoladilar.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimovning ta’kidlashicha, agentlik shu paytgacha tashkiliy ishga yollash sohasida Rossiyaning qator mintaqalari bilan hamkorlik qilardi. Bugun Voronej viloyati bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ma’lumki, «Vinogradnaya loza» MChJ kadrlar agentligi bo‘lib, rekruting xizmatlari ko‘rsatish sohasida ham faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, mazkur jamiyat «Vыbor» qurilish kompaniyasi va O‘zbekistonning mintaqadagi savdo uyi hisoblangan «Agrosoyuz» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

«Vinogradnaya loza» MChJ vakilasi M.Qamariddinova ma’lumotiga ko‘ra, ishchilarga turar—joy, sug‘urta polisi havola etiladi, patent rasmiylashtiriladi va tushlik taom bilan ta’minlanadi. Ish beruvchining patentga to‘lagan xarajatlari ishchining bir necha oylik maoshidan ushlab qolinadi. Ishchilarning ish haqi 30 ming rubldan 50 ming rublgachadir.

Yaqin kunlar ichida Voronejda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istaydigan fuqarolarni tanlab olish jarayoni boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 1
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Bo‘limlar