Foto: Facebook/Lola Karimova-Tillayeva Lola Karimova-Tillayeva o‘zining «Facebook»dagi sahifasi orqali o‘zbekistonliklarni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
«Insoniyat tamaddunining qadimiy ayyomlaridan bo‘lmish Navro‘z bayrami yangi hayot, tinchlik va qut-baraka ramzi sanaladi. Qalbingiz va atrofingizda hamisha tinchlik-xotirjamlik hukm sursin, barchangizga sog‘liq va faravonlik tilayman!» — deyiladi tabrikda.