“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:26
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: "Xalq bayram qiladi, biz ishlaymiz"

18 mar, 15:30 5 021 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: "Xalq bayram qiladi, biz ishlaymiz" Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Davlat rahbari 17 mart kuni Past Darg‘om tumanida viloyat faollari bilan uchrashib, videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolari tanqidiy muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.

«Ishchi guruhlari tomonidan so‘nggi 1 hafta mobaynida umumiy qiymati 1.4 trln so‘m bo‘lgan 110ta qo‘shimcha loyiha ishlab chiqilib, dasturdagi yirik loyihalar soni 431taga ko‘paydi. Ularning umumiy qiymati 5.6 trln so‘mga yetkazildi. Ammo sharoiti og‘ir tumanlarda yirik loyihalar bo‘yicha takliflar juda kam.

Kattaqo‘rg‘onda 7ta, Ishtixonda 10ta, Nurobod 8ta, Qo‘shrabot va Paxtachi tumanlarida 9tadan loyiha taklif etilgan, xolos. Bu yerdagi odamlarni ish bilan ta’minlash kerak emasmi? 1 hafta muddatda qoloq tumanlarda qo‘shimcha yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, umumlashtirib shaxsan menga taqdim etasizlar. Biz buni nazorat qilamiz», - deya ta’kidladi Prezident.

Davlat rahbari, shuningdek 1 oy muddatda sharoiti nisbatan og‘ir bo‘lgan Nurobod, Past Darg‘om, Ishtixon, Narpay va Qo‘shrabot tumanlarida Vazirlar Mahkamasining 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqib, taqdim etish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Nima uchun bugun men Past Darg‘omga keldim. Bu tuman eng katta, ko‘p millatli tumanlardan biri. Lekin sharoiti eski tos, eski hammom. Bir ko‘cha ichkariga kirsangiz, odam adashib ketadi. Yo‘l yo‘q, suv yo‘q, svet yo‘q, gaz yo‘q, ko‘mir yo‘q. Maktab dabdala. Shifoxonaga qarab bo‘lmaydi. Shuning uchun yuqoridagi tumanlarda alohida dastur qilamiz. Toshkentdan mutaxassislar kelgan. Bayram xalqimizga, bizga bayram emas. Bizga ish», - dedi davlat rahbari Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 49
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar