“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 13:34
ЎЗO‘Z

«Ota ko‘rdi», «quda chaqirdi», «pul qistirish», «Love story» kabi holatlar taqiqlanmoqda

15 mar, 19:05 7 749 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ota ko‘rdi», «quda chaqirdi», «pul qistirish», «Love story» kabi holatlar taqiqlanmoqda Foto: «Olx.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarori muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, oilaviy tadbirlarni o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagicha:

— to‘y-hashamlar soat 10:00 dan 23:00 gacha, osh berish marosimlari soat 12:00 dan 15:00 gacha o‘tkaziladi. Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

— to‘y-hashamlarda 150 nafargacha, osh berish marosimlarida 200 nafargacha kishi qatnashadi.

— dafn etish va motam marosimlarida cheklanmagan miqdorda fuqarolar ishtirok etishi mumkin, osh berish marosimlari bundan mustasno.

Shuningdek, oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagi talablarga rioya etilishi shart:

— nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq oilaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan 2 tadan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomashinadan foydalanish;

— oilaviy tadbirlarda pullik avtotransport xizmati faqat litsenziyaga ega bo‘lgan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishi;

— milliy urf-odat va an’analarni mensimaslik, shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

— mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish.

Eng muhimi, oilaviy tadbirlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘yxona, kafe, restoran ma’muriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi. Litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga oilaviy tadbirlarda xizmat ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, xalqimizning milliy an’analariga yot bo‘lgan, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan oilaviy tadbirlardan oldingi, tadbir vaqtidagi va keyingi qo‘shimcha, ya’ni «tanishuv», «sep yoydi», «quda tanish», «ota ko‘rdi», «ota keldi», «charlari», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «kuyov navkari», «kelin navkari», «kelin salom», «tog‘ora yuborish» va shu kabi boshqa tadbirlarni o‘tkazish man etiladi. Shuningdek, «pul qistirish», «pul sochish», odobsiz shoular, «sevgi tarixi» («Love story») kabi axloq-odobga zid bo‘lgan boshqa holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq milliy qadriyatlarimiz va muqaddas dinimiz qoidalariga zid bo‘lgan ortiqcha tadbirlarni o‘tkazish man etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasi o‘zgarishi, rad etilishi yoki tasdiqlanishi mumkin.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 0
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 0
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 23
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 0
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 0
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 23
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 214
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Bo‘limlar