“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:24
ЎЗO‘Z

Prezident Matbuot kotibi: «Birinchi marta xorijiy davlatda O‘zbekiston yili o‘tkaziladi»

13 mar, 19:20 5 835 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Matbuot kotibi: «Birinchi marta xorijiy davlatda O‘zbekiston yili o‘tkaziladi» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Komil Allamjonov.
Foto: Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Qozog‘istonga amaliy tashrif bilan boradi. Ostona shahrida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining ilk maslahat uchrashuvi bo‘ladi, deb xabar berdi Prezidentning Matbuot kotibi Komil Allamjonov.

Shavkat Mirziyoyev shunday uchrashuv o‘tkazish taklifini ilk bor 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan edi. Bu tashabbus noyabr oyida Samarqandda o‘tgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada mintaqaning barcha davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Qozog‘iston tomoni birinchi uchrashuvni Ostonada o‘tkazishni taklif qilgandi.

Tashrif doirasida yana bir muhim tadbir — Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda nutq so‘zlaydi.

Shu paytgacha chet davlatlarda O‘zbekiston kunlari o‘tkazilgan, lekin hali O‘zbekiston yili bo‘lmagan edi, dedi K.Allamjonov.

Bugun davlatimiz rahbari «Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida» qaror chiqardi. Bu ikki qardosh xalqning bir-biriga hurmat-e’tiborining yana bir ifodasi bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yirik tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun Ostonaga madaniyat va san’at namoyandalari, hunarmandlar, jurnalistlar va boshqa soha vakillaridan iborat katta delegatsiya yetib borgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 139
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar