“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:35
ЎЗO‘Z

"Tolibon" Toshkent anjumanida qatnashadimi? Tashqi ishlar vazirligi javobi

13 mar, 14:10 5 223 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Tolibon" Toshkent anjumanida qatnashadimi? Tashqi ishlar vazirligi javobi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati Reyter agentligining Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro Toshkent anjumanida qurollangan afg‘on oppozitsiyasi, xususan «Tolibon» vakillarining ishtirokiga doir savoliga rasmiy javobni e’lon qildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoatchilikni ilgariroq ushbu anjumanga kimlar taklif etilganidan xabardor etganligini qayd etib o‘tgan.

«O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonidan tashkillashtirilayotgan yuqori darajadagi anjumanga BMT Bosh kotibi va tashkilotning Afg‘onistondagi maxsus vakili, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar muassasalari rahbarlari taklif etilganlar. Shuningdek, taklifnoma Qatarga ham yuborilgan», — deyilgan TIV xabarida.

TIV xabariga ko‘ra, 12 mart sanasiga qadar o‘zlarining diplomatik kanallari orqali forumda ishtirok etishlarini Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Afg‘onistondagi BMT maxsus vakili tasdiqlaganlar. AQSh tomonidan anjumanda Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari ishtirok etadi.

Anjumanning boshqa ishtirokchilariga doir ma’lumotlar tez vaqtda ma’lum bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.

«Tolibon» harakatiga keladigan bo‘lsak, anjuman ishida ularning ishtirok etishiga doir murojaat na Afg‘oniston TIV tomonidan, na ularning o‘zidan kelib tushmagan», — deyilgan TIV xabarida.

Manba: mulohaza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 213
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 104
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 126
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 389
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 106
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 6
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 5
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 40
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 42
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 24
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 86
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • Bo‘limlar