“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:44
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda pnevmatik qurol sotib olishga ruxsatnoma olish shartmi?

08 mar, 19:51 9 963 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda pnevmatik qurol sotib olishga ruxsatnoma olish shartmi? Kecha, 7 mart kuni Xalqaro press-klubda ichki ishlar tizimidagi islohotlar yuzasidan navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tgan edi.

Sessiyada “Pnevmatik qurol sotib olish, olib yurish va saqlash uchun ruxsatnoma shartmi?” degan savolga O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Doniyor Teshaboyev quyidagicha javob berdi:

— O‘zining texnik xususiyatiga ko‘ra pnevmatik qurol (o‘q (markerli sharik)ni otish uchun) siqilgan gazsimon moddaning (havo, azot, karbonat angidrid gazi) quvvati ishlatiladigan qurol turiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 38-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabrdagi 376-son qarori bilan tasdiqlangan ruxsat berish va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularni berishga vakolatli organlar ro‘yxatining 10-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari ruxsatnomalari asosida faqat o‘qotar ov va sport qurollari hamda ularga o‘q-dorilarning sotib olinishi, olib yurilishi va foydalanilishi, respublika hududiga olib kirilishi va respublikadan olib chiqilishi amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 27 fevraldagi 3-son qarori 2-bandiga muvofiq, pnevmatik qurol o‘qotar qurolga kirmasligi to‘g‘risida tushuncha berilgan. Shu munosabat bilan, ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarga pnevmatik qurolni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish-olib chiqish, respublika hududida sotib olish, saqlash va olib yurish huquqini beruvchi ruxsatnoma yoki boshqa turdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilishi ko‘zda tutilmagan. O‘z navbatida, ichki ishlar organlari tomonidan pnevmatik qurol muomalasi tartibi to‘g‘risida biror bir tushuntirish berilishi belgilanmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar