“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:39
ЎЗO‘Z

Xorazmlik talaba Qur’oni karimni bir o‘tirishda to‘liq yoddan o‘qib berdi

04 mar, 23:21 5 611 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmlik talaba Qur’oni karimni bir o‘tirishda to‘liq yoddan o‘qib berdi 3 mart kuni Urganch shahridagi Faxriddin Ar-Roziy madrasasining “Tahfizul Qur’on” guruhida o‘qiyotgan talaba Abdurrahmon qori Mamadaliyev musobaqaga tayyorlanish jarayonida 30 pora Qur’oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda (namozga, taomlanishga, tahoratga chiqishlar mustasno) yoddan ustozlari Tolibjon va Muhammadsiddiq domlalarga luqma olmasdan o‘qib berdi. Bu haqda madrasa mudarrisi Ne’matullo qori Aminjon eshon ma’lum qildi, deyiladi Azon.uz saytida.

Mudarrisning qayd etishicha, bu yaqin yuz yilda Xorazmda kuzatilmagan holat bo‘lsa ajab emas. Sababi Xorazmning qadim Xiva madrasasida o‘qigan so‘nggi talaba Qorilaridan Nurullo qori buva Xiva xonining oldida o‘ttiz porani o‘qib berganini vafotlaridan oldin dadam bilan duolarini olgani borganimizda (bir senga qori buvani duolarini olib berin deb bundan yigirma besh yillarcha oldin, oborgandilar) gapirib berganlar, (100 yoshlarga kirib vafot etgandilar) u paytlari madrasani tugatib qori bo‘lgan talabalar xonni oldida ustoziga o‘qib berib imtihondan o‘tar ekanlar.

Prezident tashabbusi bilan o‘tayotgan Qur’on musobaqasiga nafaqat Xorazm, balki yurtimizning barcha go‘shalarida musobaqaga tayyorlanayotgan qanchadan-qancha yigit va qizlar tunu kun Qur’on o‘qib, yurtga barakotlar yog‘ilishiga sabab bo‘lishyapti.

Endi yurtimizdagi shu musobaqaga tayyorlanib, Qur’on o‘qiyotgan minglagan Qorilarning Qur’oni sababidan, yurtimizga qanchadan qancha Allohning rahmati va barakotlari yog‘ilayotganini, sakiyna va farishtalar tushayotganini, savoblar, yaxshiliklar tushayotganini bir tasavvur qilib ko‘ring. Kim bir ezgu ishni birinchi bo‘lib boshlasa yoki tashabbus qilib sababchi bo‘lsa, o‘sha savobli ishni qilganlarga qancha savob berilayotgan bo‘lsa, Alloh taolo u ishni boshlab bergan yo tashabbus ko‘rsatgan insonga ham hech qanday kamaytirilmasdan o‘sha savobdan nomai a’moliga savob yozdirar ekan. Ilohim, bunday musobaqalar bardavom bo‘laversin, deya so‘zini yakunlaydi madrasa mudarrisi Ne’matullo qori Aminjon eshon.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 67
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 135
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 128
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar