“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 06:43
ЎЗO‘Z

Prezident: “Toshkentda to‘rtta qizi bor odam o‘zini osishi kerak!”

03 mar, 19:40 7 485 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: “Toshkentda to‘rtta qizi bor odam o‘zini osishi kerak!” O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev to‘ylarni keskin tanqid qildi va xalq dardini aytdi. Davlat rahbarining videoselektor yig‘ilishlaridan birida aytgan so‘zlari yozilgan audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Tas-IX audio

“Bosh vazirdan boshlab hokimgacha, ijro organi rahbariga to‘y-marosimga borishi man etiladi. Choyxonalarning yonida davlat mashinasi turganini ko‘rgan kunim ishdan olib tashlayman, jinoiy javobgarlikka tortaman. To‘y eng ko‘pi 150 kishiga, osh 200 kishiga bo‘ladi. Birorta rahbar uyida tug‘ilgan kunini ham, to‘yini ham mendan boshlab nishonlamaydi.

Bo‘ldi, u zamonlar tugadi endi, odamlarning g‘ashini keltiryapmiz, la’natini keltiryapmiz. Marosim ham, to‘y ham rahbarlarsiz bo‘ladi. Bosh vazir boradi g‘o‘dayib hamma muovini bilan, hamma turadi... Sen o‘sha qilgan 20 kilogramm go‘shtingni puliga bitta kambag‘alning uyiga borib kraska qilib ber, televizor olib ber, noinsof.

Qaror chiqadi, qaror! Prezident qaror emas, senatning qarori chiqadi. Qani birortang g‘ing deb ko‘r. U to‘yga borish endi man etiladi. Men o‘zim yuragimdan bilgan holda shuni aytyapman. U hammasi xiyonat bizning xalqimizga, ikkinchidan, to‘y qilishning me’yorini ham yozib beramiz.

Toshkentda to‘rtta qizi bor odam o‘zini osishi kerak, to‘y qilish uchun. Oddiy odam, oilali, byudjetdan oylik oladigan odam o‘zini osishi kerak. To‘rtta qizini erga berish uchun o‘zini ossa to‘g‘ri bo‘ladi. Nimaga?! Hech qanday imkoniyati yo‘q, baribir bechora qarz oladi, o‘ziga qaramaydi, do‘xtirga bormaydi, faqat shu to‘yga yig‘adi. Kimga kerak bu to‘y? Bo‘ldi, biz oldin tashviqot qilib ko‘rdik, bo‘lmadi bu tashviqot. Xiyonat qilyapmiz xalqimizga, to‘ylarni agar joyiga qo‘ysak, korrupsiya bo‘lmaydi, adolat paydo bo‘ladi. Hamma bir xil to‘y qiladi. Agar birorta rahbar, prokurormi, hokimmi, soliqchimi, chegarachimi, shu me’yordan chiqsa, o‘sha kuni ko‘rasizlar, qamayman hammani. Qaysi vazir yoki bosh vazir o‘rinbosari shunday to‘y qilishga qaydan oylik oladi? Hammasi o‘g‘irlik bu, agar buni tagini surishtirsak, o‘g‘irlik. Bu ham ana shu adolatsizlikni targ‘ib qiladi, hamma bilishi kerak. 110 kishi, 120 kishi, tamom. Juda borsa, ruxsat olib komissiyadan, 150 kishilik qiladi. Boshqacha to‘y bo‘lmaydi hech qayerda, juda yaxshi to‘y bo‘ladi, faqat yoshlar bo‘ladi to‘yda. Qariyalar non sindirishga boradi, yoshlar to‘yga boradi. Nima uchun buni aytyapman? Andijonda ham bu juda haligi ketgan, ertalabki to‘ylar, avvalo, ertalabki to‘ylar yo‘q bo‘ladi. Bo‘ldi endi, obedda soat birdan ikkigacha to‘y, kechqurun qaysi restoran to‘y qilsa, o‘sha restoranni yopamiz”, - degan prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Mahalla” fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi ham xalqqa to‘y-hashamlar bo‘yicha murojaat bilan chiqqandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 223
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 73
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 149
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 56
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 42
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 491
  • Bo‘limlar