“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:04
ЎЗO‘Z

Endi Toshkentda “maqsadli” pasport va viza nazorati o‘tkazilmaydi

02 mar, 21:04 5 041 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi Toshkentda “maqsadli” pasport va viza nazorati o‘tkazilmaydi O‘zbekistonda 1990 yilning oxiridan beri yirik bayramlar arafasida o‘tkazib kelinayotgan “Tozalash-Antiterror” operatsiyalari to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rahbari o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev 1 martda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

“Tozalash-Antiterror” tadbiri Musatqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, Yangi yil, Navro‘z va boshqa bayramlar arafasida o‘tkazilar edi.

Ushbu operatsiya o‘rniga O‘zbekiston Prezidentining 14 fevraldagi “Jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Xavfsiz hudud” kompleks chorasi joriy etiladi.

IIBB rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, 15 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Tozalash-Antirerror” operatsiyalari 1999 yilning fevralida poytaxtda sodir bo‘lgan portlashlarga aloqador.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, avvalgidek “maqsadli” pasport va viza nazorati endilikda o‘tkazilmaydi.

“IIBB xodimlari sektorlardagi oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi va qandaydir huquqbuzarliklar aniqlansa ularni nazorat qiladi. Yordam berish, maslahat berish, odamlarni propiskaga qo‘yish borasida yordam beramiz. Endilikda propiskasi yo‘q odamlarni zudlik bilan ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilmaydi. Dastlab ogohlantirish beriladi” — dedi Doniyor Toshxo‘jayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 43
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 44
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 134
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 263
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar