“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:10
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura Rashidjon Qodirovning sobiq o‘rinbosarlari qo‘lga olinganini tasdiqladi

02 mar, 17:27 5 829 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura Rashidjon Qodirovning sobiq o‘rinbosarlari qo‘lga olinganini tasdiqladi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Rashidjon Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni oshkor qildi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy saytida xabar berildi, deb yozadi Xabar nashri.

«Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi haqida ko‘plab tarqatilayotgan axborotlar foydalanuvchilarda tergov tafsilotlari borasida turli fikr va mulohazalarni keltirib chiqarmoqda.

Shu munosabat bilan, Bosh prokuratura O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tergov organi dastlabki tergovni olib borish vaqtida jinoyat ishidagi barcha ma’lumotlarni yoki uning muayyan qismidagi ma’lumotlarni oshkor qilinmaydigan deb e’tirof etishga haqli ekanligini ma’lum qiladi»
, deyiladi xabarda.


Bosh prokuraturaning rasmiy xabarida yana quyidagilar qayd etiladi:

«Bu turdagi ma’lumotlar tergovning sifatli, to‘la va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek jinoyat izlarining yo‘q qilinishi, jinoiy yo‘l bilan topilgan ashyolar, vositalarning yashirilishi, tergov organlarining haqiqatni aniqlash borasidagi faoliyatiga to‘sqinlik qilinishi yoki tergov jarayonini qiyinlashtiruvchi boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida oshkor qilinmaydi.

Bu kabi axborotlarni e’lon qilish tezkor tadbirlar va dastlabki tergovga ziyon yetkazishi, aybdor shaxslarni o‘z vaqtida fosh etish va ushlashga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Shu tariqa, tergov sirini oshkor etmagan va jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini buzmagan holda, Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilayotgan jinoyat ishi doirasida R.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi».


“Xabar.uz” O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Milliy xavfsizlik xizmati tergovchisi Nodir To‘raqulov, Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi, Toshkent viloyatining sobiq prokurori, adliya katta maslahatchisi Jamshid Fayziyev, O‘zbekiston Bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Toshkent viloyatining sobiq prokurori Ulug‘bek Sunnatov qo‘lga olingani haqida o‘z manbalariga tayanib xabar bergan edi. Bugungi xabar bilan ushbu ma’lumotlar rasman tasdiqlandi:

«Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari J.Fayziyev va U.Sunnatov ushlangan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov sirini tashkil qilmaydigan qo‘shimcha axborotlar vujudga kelishi barobarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy saytida tegishli ma’lumotlar chop etib borilishi ma’lum qilinadi.

OAV vakillari bunga tushunish bilan yondashishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim deb hisoblaymiz».


Eslatib o‘tamiz, mazkur xabarlar e’lon qilingan vaqtda Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi mazkur xabarlarni izohlamagan, bu ma’lumotlarni na tasdiqlagan va na inkor etgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar