“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 09:37
ЎЗO‘Z

Barcha yomonliklarning boshi

02 mar, 09:03 5 100 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Barcha yomonliklarning boshi Rivoyatga ko‘ra, hazrat Ali (k.v.)ning oldilariga bir kishi kelib dedi:

– Ey mo‘minlar amiri, men yolg‘on so‘zlayman, o‘g‘rilik qilaman, sharob ichaman, boshqa gunohlarim ham bor. Ularning hammasidan birdaniga xalos bo‘lishni istayman. Menga shunday fazilatni aytingki, gunoh qilishdan xalos bo‘lay.

– Yolg‘on so‘zlashdan saqlan, – dedilar hazrat Ali (r.a.).

U doimo rost gapirishga ahd qilib, hazrat Alining huzurlaridan chiqdi. Yo‘l-yo‘lakay sharob ichgisi keldi, shu niyatda mayxonaga yo‘l oldi. Keta turib o‘yladi: “Agar amir mendan sharob ichdingmi, deb so‘rasa, «ha” desam, jazo olishim tayin. Agar “yo‘q” desam, yolg‘on gapirmaslikka va’da berganman…» Shunday o‘ylar bilan nafsini yengib, ortiga qaytdi.

Yo‘l davomida bir ayolni uchratdi, shahvoniy hislari g‘olib kelib, zino qilishni istadi. Lekin uni yana boyagidek o‘ylar chulg‘ab oldi. Rost gapirsa, zinokorligi uchun jazolashadi, yolg‘on gapirsa, ahdini buzgan bo‘ladi. Shu tarzda qanday gunoh ustidan chiqmasin, yodiga va’dasi tushib, o‘zini to‘xtataverdi. Bir muddat o‘tgach, hazrat Ali (k.v.)ning huzurlari keldi va shunday dedi:

– Ey mo‘minlar amiri, bir gunohdan to‘xtash bilan qarshimda ochiladigan barcha to‘g‘ri yo‘llarni ko‘rsatdingiz. Yolg‘on so‘zlash barcha yomonliklarning boshi ekanini endi tushundim.

Manba: irfon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 1
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 41
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 207
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Bo‘limlar