“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:31
ЎЗO‘Z

18 yashar qiz uylanishni rad etgan “yigiti”ning jiyanini o‘g‘irladi

01 mar, 17:01 6 264 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
18 yashar qiz uylanishni rad etgan “yigiti”ning jiyanini o‘g‘irladi Toshkent viloyati Bekobod tumanida 18 yashar qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan yigitning jiyanini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmatiga asosan Qalampir nashri xabar bermoqda.

Ushbu voqea joriy yilning 27 fevral kuni sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan Sevaraxon Abdujalilova 1994 yilda tug‘ilgan Javohir Eshmatov bilan anchadan buyon yaqin munosabatda bo‘lib kelgan. Biroq, Javohir Eshmatov qizga uylanishni rad etgan. “Yigiti”dan bunday javobni olgan qiz esa jinoyatga qo‘l urdi.

Qiz Javohir Eshmatovning 1988 yilda tug‘ilgan akasi –Bekobod tuman DSIda ishchi bo‘lib ishlovchi Jasurbek Eshmatovning 7 yashar qizi Asalxon Botirovani maktabgacha tayyorlash kursidan olib qochgan.

Sevaraxon Abdujalilova Bekobod tumani, Zafar qo‘rg‘onida joylashgan “Barkamol avlod” tashkiloti binosining ikkinchi qavatida joylashgan maktabga tayyorlash kursi sinfxonasiga kirib, qizaloqni aldov yo‘li bilan o‘g‘irlab ketgan.

Olingan tezkor ma’lumotga asosan tuman IIB xodimlari tomonidan Sevaraxon Abdujalilova va Asalxon Botirovaning Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘onida ekanligi aniqlanib, ushlangan. Qizaloq ota-onasiga qaytarilgan.

Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi 2-qismi “a,b” bandi(odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumon qilinuvchi Sevaraxon Abdujalilovaga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llash haqida sudga iltimosnoma kiritish masalasi muhokama qilinmoqda.

Sud tomonidan JKning 137-moddasi 2-qismi “a,b” bandi bilan aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlanishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar