“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:42
ЎЗO‘Z

Algoritm

28 fev, 09:15 5 319 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Algoritm Mamlakatning siyosiy hayotida o‘zgarish sodir bo‘lgandan keyin hech qancha vaqt o‘tmay ba’zi ziyolilar tomonidan “kechagi kun va u bilan bog‘liq ramzlarni qoralanishi kerak”ligi haqida yarim ultimatum ohangida so‘zlar yangradi. Yangilanishni shundan boshlamasa aslo muvaffaqiyatga erishib bo‘lmasligi iddao etildi. Shaxsiy fikrni bildirishga hammamiz haqlimiz, ammo fikrga nisbatan fikr bildirish ham huquqlar ichra bir huquqdir. Ayniqsa ko‘pchilikning hayotiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan fikrlarga nisbatan.

Chorak asr davomida o‘ziga xos davrni boshimizdan kechirdik. Bu rost. Ammo yana bir haqiqat bor – biz bilan birga bu “o‘ziga xos” kunlarni… oddiy xalq ham boshidan o‘tkazdi… O‘sha, nima

bo‘layotganini o‘zining imkoni darajasida tushunishga harakat qilgan, turmush tashvishlari

orasida, tungi uyquga ketishdan oldin bir necha soniya bo‘lsada atrofni anglashga urinib kelgan oddiy xalq.

Endi yana bir haqiqat haqida – o‘sha, oddiy, voqelikni boricha qabul qilishga majbur bo‘lgan xalq – millatning asosidir… O‘sha, ko‘zi ila ko‘rib kelgan nomutanosibliklarni aqli ila biroz bo‘lsada uyg‘unlashtirishga, uzrlarni topishga, qalbi ila esa kechirishga urinib kelgan xalq – millatning asosidir. Bitta xayronlikdan boshqasiga solinib kelingan, ammo, nima bo‘lganda ham, yaxshi gumonda bardavom bo‘lgan xalq – millatning asosidir.

Holat o‘zgarganda xalqning, shundoq ham ruhi zada xalqning holini hisobga olmasdan uni butkul, bir kun ichida yangi voqelikka duchor qilishga chaqirish – xalq g‘amini yeyish emas. Ommaning dunyoni his etish algoritmi bittasidan boshqasiga o‘tishi uchun vaqt talab etilishiga bepisand bo‘lish – kibrning bir ko‘rinishidir.

Halq holatiga bepisand bo‘lganda ziyoliy ahli… ziyoliy ahli bo‘lmay qoladi, ona xalqiga foyda

emas, balki boshiga tashvish keltiradi. Millat g‘amidan uzilib, har bir narsani o‘z qarichi bilan o‘lchab qolganda halq bu toifa kishilarning ko‘ziga ongsiz, qiyofasiz to‘da bo‘lib ko‘rinib qoladi. “Xalq” tushunchasini “ona” tushunchasi ila mushtarak deb hisoblasak, bunday qarash egasi uchun xavfliligini e’tirof etmoq zarur bo‘ladi.

Yaqinda hali eski qarashlarda bo‘lganlar “zombilar” deb atalishgacha borib yetildi. Buni

aytganlarga javob shuki, bu “zombilar” – bizning zombilardir; etimizning bir bo‘lagidir. Ularni bunday atash ularni… duo qilishdan yiroqlashib qolinganlikning belgisidir. Bu esa ulkan yo‘qotishdir.

Nubuvvatning boshida koinotdagi eng jirkanch narsa – butlar ham “eson-omon” o‘z joylarida turdi. Ularni inkor etish uchun o‘sha inkor qalblarda hosil bo‘lishi kutildi. Vaqti-soati kelganda but eng yomon ko‘riladigan narsa bo‘ldi. Xamr esa ariqlarda oqdi; uni mirshablar uyma-uy kirib to‘kishmadi — odamlarning o‘zlari to‘kishdi.
Manba: fayzbog.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 98
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 54
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 144
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 147
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 157
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 197
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar