“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:07
ЎЗO‘Z

Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindimi? (video)

27 fev, 20:30 9 426 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindimi? (video) Toshkent viloyati prokurori Ulug‘bek Sunnatov (chapdan birinchi) va viloyat IIB boshlig‘i Saidkarim Nishonboyev xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasida. 2018 yil,5 yanvar
Yaqinda O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani va unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan edi.

Ushbu xabarlar ortidan esa sobiq Bosh prokurorga yaqin yana bir qancha shaxslar ham qo‘lga olingani va ayni kunlarda tergov qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hibsga olingani aytilayotganlar orasida Rashidjon Qodirovning sobiq o‘rinbosari, Toshkent viloyatining sobiq prokurori Ulug‘bek Jalilovich Sunnatov ham borligi aytilmoqda.

Ulug‘bek Sunnatov 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Chirchiq shahar prokuraturasida ish o‘rganuvchilikdan boshlab, prokuror yordamchisi, katta yordamchisi kabi lavozimlarda ishlagan. Keyin Toshkent viloyati prokuraturasida, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar prokuraturasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, Sirg‘ali tumani prokurori, Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2008 yildan 2013 yilgacha Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ulug‘bek Sunnatov 2013 yilda ham Bosh prokuror o‘rinbosari sifatida ishlagan va 2014 yilda Qashqadaryo viloyati prokurori bo‘lgan. Orasidan biroz muddat o‘tgach, 2014 yilning o‘zida viloyat prokurorligidan yana Bosh prokuror o‘rinbosari — Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshliqligiga qaytgan. U Bosh prokuror yordamchisi bo‘lgunga qadar Bosh prokuratura tizimidagi Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasiga rahbarlik qilgani haqida ham ma’lumotlar bor. 2017 yilning 21 noyabrida Bosh prokuror o‘rinbosarligidan bo‘shatilib, Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan edi.

U. Sunnatov joriy yilning 5 yanvarida “o‘z ishiga mas’uliyatsizligi, xizmat vazifasiga sovuqqonligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan xatolari” tufayli egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Yana bir qiziq ma’lumot: sobiq bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari o‘tgan yilning 1 fevralida O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi rahbari etib saylangan va shu paytga qadar jamoatchilik asosida ushbu vazifani bajarib kelayotgan edi. Tashkilot rasmiy saytida ham hamon aynan Ulug‘bek Sunnatov rais sifatida ko‘rsatilgan. Ammo assotsiatsiya vakillari bilan bog‘langanimizda “sayt anchadan beri yangilanmagani va hozirda U. Sunnatov bu lavozimda ishlamayotgani” aytildi. Uning aynan qachon bu lavozimdan ketgani haqidagi savolimiz esa javobsiz qoldi.

Bosh prokuratura ham ushbu xabarlarga izoh berishdan tiyilmoqda. Muxbirimizning qo‘ng‘irog‘iga prokuratura matbuot xizmati vakillari “hozircha bu bo‘yicha aniq va rasmiy ma’lumot yo‘qligi, bunga oid biror yangilik bo‘lishi bilan albatta xabar qilishi”ni ta’kidlashdi. Ammo o‘z manbalarimiz ushbu xabarlar haqiqatan u qadar yiroq emasligini aytishmoqda.
Bosh prokuror




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar