“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:00
ЎЗO‘Z

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq yetishtirish uchun barcha viloyatlarga 14 hudud ajratildi

26 fev, 09:25 5 214 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq yetishtirish uchun barcha viloyatlarga 14 hudud ajratildi Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida bir qator istiqbolli loyihalar bilan tanishib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ushbu tashrifdan so‘ng viloyatda qanday o‘zgarishlar ro‘y bergani, aholi kayfiyati, turmush farovonligi qay darajada yuksalgani aniq tahlillarda namoyon bo‘lmoqda, deb yozadi O‘zA.

Viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va yengil sanoat izchil rivojlanmoqda.

Prezidentning o‘tgan yilgi viloyatga tashrifi Qiziltepa tumanidagi Toshrabot mahallasidan boshlangan edi. Viloyatda yengil sanoatni rivojlantirish, konchilik, energetika, ilm-fan, ishlab chiqarish hamda turizm bo‘yicha qator loyihalarni ko‘zdan kechirdi. Xo‘sh, mazkur taqdimotlardagi loyihalar ijobati hayotda qay darajada o‘z aksini topdi?

Navoiy viloyatida ham paxta tolasini chuqur qayta ishlash va jahon standartlari talabiga mos eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish salohiyati mavjud. Xususan, “Baxt tekstil”, “Brayt Navoiy tekstil”, “Toshrabot tekstil” va “Navbahor tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan zamonaviy va energiya tejamkor texnologik uskunalar asosida sifatli ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Qiziltepa tumanidagi “Toshrabot tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 6 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada klaster usulidan keng foydalanilmoqda. 500 yangi ish o‘rni yaratilgan fabrikada yiliga 6-6,5 million dollarlik tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilib, asosan eksportga yo‘naltiriladi. Xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonaning 2-bosqichi ishga tushirilgach, yana 500 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Tumandagi 305 fermer xo‘jaligining 8 ming 713 gektar paxta maydoni Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan “Baxt tekstil” O‘zbekiston – Rossiya – Lixtenshteyn qo‘shma korxonasiga biriktirildi.

Baliqchilik — serdaromad soha. Viloyatda baliqchilikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Ayni paytda 170 ming gektardan ortiq tabiiy va sun’iy suv havzalari mavjud. 76,1 ming gektar tabiiy suv havzasi 27 xo‘jalikka ijaraga berilgan. 1,2 ming gektar sun’iy suv havzasida 172 baliqchilik xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur xo‘jaliklar tomonidan o‘tgan va joriy yil boshiga qadar 14,3 ming tonna baliq ovlanib, iste’molchilarga yetkazib berilgan.

To‘dako‘l suv ombori havzasida “Akva To‘dako‘l” qo‘shma korxonasi tomonidan Vyetnam texnologiyasi asosida baliq chavog‘i yetishtiruvchi inkubatsiya sexi barpo etildi. Ayni paytda korxona tomonidan mavjud binoga yiliga ming tonna baliqni qayta ishlash sexini moslashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Davlat rahbari viloyatga tashrifi davomida hududda baliqchilik sanoatini yanada rivojlantirish borasida tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish xususida to‘xtalib, ayrim kamchiliklarni ham qayd etgan edi. Jumladan, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish, ushbu havzalardan foydalanishni tartibga solish, noqonuniy baliq ovlashga chek qo‘yish, bu yerda inkubatsiya sexlari tashkil etish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani tanqid qilingan edi.

Bu masalaga ijobiy yechim topish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi huzurida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Ko‘l havzasida baliq yetishtirish bo‘yicha barcha viloyatlarga 14 hudud ajratib berildi.

Davlat rahbarining viloyatga tashrifidan so‘ng yangi loyihalarni amalga oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, aholi turmush darajasini yanada oshirish borasida muayyan ishlar bajarildi. Ayni paytda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar