“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:11
ЎЗO‘Z

Rashidjon Qodirov xorijga uchib ketmoqchi bo‘lganida Toshkent aeroportida ushlandimi?

24 fev, 22:15 13 094 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rashidjon Qodirov xorijga uchib ketmoqchi bo‘lganida Toshkent aeroportida ushlandimi? 2018 yilning 22 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bugun, 24 fevral kuni ushbu ma’lumotni rasman tasdiqladi.

O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olishda gumon qilinmoqda.

“Xabar.uz”dagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rashidjon Qodirov xorijga uchib ketmoqchi bo‘lganida Toshkent aeroportida ushlangan. Bu ma’lumotni Bosh prokuraturaning rasmiy saytida bugun e’lon qilingan bayonoti ham qaysidir ma’noda tasdiqlaydi. Unda “23 fevral kuni R.X.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangani” qayd etiladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK)ning mazkur moddasida belgilanishicha, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda ushlab turilishi mumkin:

1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa;
2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar;
3) uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa;
4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo‘q yoxud shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa.

Sobiq Bosh prokurorga nisbatan JPKning 221-moddasi 4-bandi qo‘llangani ehtimoli yuqori. Hozircha bu borada rasmiy ma’lumot berilmadi. Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Rahimova “Xabar.uz”ning so‘roviga rasmiy bayonotda keltirilganidan boshqa ma’lumotni bera olmasligini aytdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar