“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:56
ЎЗO‘Z

Yostiq tagidagi telefon xavfli emas, ammo …

24 fev, 20:23 6 031 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yostiq tagidagi telefon xavfli emas, ammo … Olimlar oddiy mobil telefon yoki planshet kabi smartfonning ham inson uchun xavfli emasligini, ammo u bilan uxlash odati sog‘liqqa zarar ekanligini isbotlashdi.

Surunkali uyquga to‘ymaslik, uyqusizlik, ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi — bu kechqurun qorong‘ida smartfon bilan yotishni yoqtiruvchilar duch keladigan ko‘ngilsizliklarning faqatgina bir qismi. Sababi — displeydan tarqaladigan nur.

Xavfli ko‘k nur
Smartfon va boshqa gadjetlarning ekranlari tayyorlanadigan svetodiodlar spektrning ko‘k qismida nur sochadi. U kunduzgi yorug‘likka o‘xshaydi va ko‘pincha hatto undan ham yorug‘roq bo‘ladi, shuning uchun ham smartfonning displeyidagi rasmlarni ko‘rish hammaga yoqadi. Lekin bunga qiziqmagan ma’qul, chunki sun’iy ko‘k nur katta quvvatga ega. Shu sabab, u kataraktaning rivojlanishiga olib kelishi va ko‘zning to‘r pardasiga zarar yetkazishi mumkin.

Bu “kunduzgi yorug‘lik” to‘yib uxlashga ham xalaqit beradi. Yaxshi uxlash va bedor bo‘lish uchun melatonin gormoni javob beradi. U to‘liq qorong‘ilikda ishlab chiqariladi va organizmga dam olish vaqti bo‘lganidan darak beradi, qon bosimi, tana harorati hamda qondagi glyukoza darajasini pasaytiradi, shu bilan birga ziqlik gormoni kortizol darajasini ham kamaytiradi. Mushaklar bo‘shashadi, ichki a’zolar va to‘qimalar o‘z-o‘zini tiklash va zarur moddalar sintezi bilan band bo‘ladi, faoliyat natijasidagi mahsulotlardan xalos bo‘ladi. Bundan tashqari, miyada kun davomida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash jarayonlari boradi.

Ammo smartfonning ko‘k nur tarqatuvchi ekrani melatonin sinteziga xalaqit beradi. Organizm tunni kun o‘rnida ko‘rib, bedorlikda davom etadi. Ziqlik gormonining darajasi oshadi va shu sabab, keyin uxlash qiyin bo‘ladi. O‘zini boshqarish jarayonlari buziladi, yallig‘lanish xavfi oshadi. Ыuvvat sarflanib, ochlik hissi paydo bo‘ladi. Miya neyrotoksinlardan tozalanib ulgurmaydi. Natijada xotira pasayadi, diqqat tarqaladi.

Foydali uyqu qoidalari
Agar tunda uxlash oldidan yangiliklar tasmasini varaqlash odatini tashlay olmasangiz, uning salbiy ta’sirlarini yo‘qotishga harakat qiling.

1. Smartfonni yostiqdan uzoqroqqa qo‘ying. Ko‘zning to‘r pardasiga yetib boruvchi ko‘k nurning miqdori katta ahamiyatga ega. Displey qancha kichik bo‘lsa, uning melatonin ishlab chiqarilishiga ta’siri ham shuncha kam bo‘ladi. Gadjetni ko‘zlardan imkon qadar uzoqroq tuting, shunda smartfonning uyquga ta’sirini kamaytirgan bo‘lasiz. Maqbul masofa – 25-30sm.

2. Yotishdan oldin ekranning yorug‘ligini sozlang. Displeyning nuri qanchalar yorug‘ bo‘lsa, melatonin sinteziga shunchalar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ekran yorug‘ligini pasaytirish orqali ko‘zingizga tushadigan ko‘k nurlar miqdorini ham kamaytirasiz. “O‘qish rejimi” yoki “kechqurungi rejim”larni yoqing. Darvoqe, displeyning yorug‘ligini avtomat boshqaruvchi dastur o‘rnatish mumkin. Ayrim kompaniyalar ekrandan tarqalayotgan nurlarni avtomat boshqaruvchi ilovalarni ishlab chiqishdi.

3. Uxlashdan ikki soat oldin smartfonni qo‘lingizga olmang. Organizmimiz odatdagi uxlash vaqtidan ikki soat oldin melatonin ishlab chiqarishni boshlaydi, shuning uchun elektron pochta yoki internetdagi so‘nggi yangiliklarni ertaroq tekshirishga odatlaning. Gadjetni o‘ringa qo‘ymang, tovushini o‘chirib qo‘ygan bo‘lsangiz ham, vibratsiya bilan sizni uyg‘otib yuborishi mumkin.

4. Tungi ko‘zoynaklardan foydalaning. Qahrabo rang linzali ko‘zoynaklar har qanday qurilmalardan (hatto tungi chiroqlardan ham) tarqalayotgan ko‘k nurlarni yaxshi to‘sadi va u ko‘zning to‘r pardasiga yetib bormaydi. Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, uxlash oldidan olamni faqat to‘q sariq ranglarda ko‘rishingiz mumkin.

5. Kunduzi albatta ko‘chaga chiqing. Inson vaqtni tabiiy yorug‘likda qancha ko‘p o‘tkazsa, uning displey nurlariga ta’sirchanligi shuncha kam bo‘lishi isbotlangan. Tabiiy ko‘k nur sun’iy ko‘k nurning salbiy ta’sirini to‘sadi. Agar siz yuqorida keltirilgan qoidalarning hech bo‘lmaganda 2-3tasiga amal qilsangiz, yaxshi uxlab, tongda tetik va faol bo‘lib uyg‘onish imkoniyatlaringiz bir necha barobar oshadi.

Smartfonning ko‘k nuri uyqu gormoni — melatoninning ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi.
SHAHZODA tayyorladi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar