“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:55
ЎЗO‘Z

Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqidagi xabarlar inkor qilindi

23 fev, 12:30 6 497 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqidagi xabarlar inkor qilindi O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olinmagan. “Kun.uz” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qildi.

Manba sobiq prokuror bilan bog‘liq hech qanday tergov jarayonlari ham ketmayotganini ta’kidladi.

Bundan avvalroq OAVda Rashidjon Qodirov 22 fevral kuni qo‘lga olingani, unga nisbatan yirik miqdorda davlat mulkini o‘zlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliyotlari o‘tkazish aybi qo‘yilayotgani hamda unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Respublika Bosh prokurori lavozimida 2000 yil aprelidan faoliyat yuritib 15 yil ishlagan Rashidjon Qodirov 2015 yilning aprelida ishdan bo‘shatilgan edi. U 2015 yil mayidan Respublika Konstitutsion sudi a’zosiga aylangan, ammo 2017 yilning avgustidan sud a’zolari tarkibida uning nomi yo‘q bo‘lib qolgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 1
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 260
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 112
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar