“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 02:17
ЎЗO‘Z

To‘rtta rahbar beshta bo‘ldi. Prezident yana MXXni tanqid qildi

23 fev, 11:35 9 332 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘rtta rahbar beshta bo‘ldi. Prezident yana MXXni tanqid qildi Kuni kecha, 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatga xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qatnashgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali vakilining ma’lumot berishicha, davlat rahbari Milliy xavfsizlik xizmatini yana tanqid qilgan. Prezident viloyat va tuman(shahar)lardagi beshta rahbar kabinetda qo‘r to‘kib o‘tirmasligi, xalqning orasida yurishi lozimligi, hududning rivoji yo‘lida bir musht bo‘lib ishlashi kerakligini alohida ta’kidlagan. “Bo‘ldi endi kabinetda o‘tirib birovlarning orqasini poylashing! Unaqa davr o‘tdi-ketdi. Mamlakatni rivojlantirish kerak, odamlarning ishonchini qozonish kerak, Vatan va xalq uchun ishlash kerak”, deya ta’kidlagan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yaqin-yaqingacha viloyat, tuman(shahar)dagi ahvol uchun 4 ta rahbar, ya’ni hokim, prokuror, soliq va ichki ishlar rahbari javob berishini ta’kidlab kelayotgan, qayerda kamchiliklar aniqlansa, ana shu “to‘rtlik”ni ishdan olayotgan edi. Davlat rahbarining Buxoro viloyatidagi tashrifi chog‘ida “to‘rtlik” atamasi “beshlik”ka o‘zgardi, ushbu ro‘yxatga Milliy xavfsizlik xizmatining viloyat, tuman(shahar)dagi boshqarma(bo‘lim)lari rahbarlari ham qo‘shildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar