“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:11
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi

22 fev, 14:29 6 668 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi “The best water brend” MCHJ rahbari S.Q. shu yilning 17 yanvardan 11 fevralgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Pillakashlik mahallasi hududida joylashgan jamiyat omborxonasidan katta miqdorda “Nestle” kasha mahsulotlari o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi” ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 11 fevralga o‘tar kechasi B.A., D.O., M.M., Sh.A. va Sh.X. yuziga niqob kiygan holda, omborxona qorovulxonasiga kirib, omborxona qorovullari Sh.S. va X.O.ni temir bo‘lagi bilan urib, qo‘l-oyoqlarini mato va sim bilan bog‘lab, Sh.S.ning og‘zini mato bilan berkitib, 2 ta mobil telefoni, 1 ta planshet va 32 mln. 671 ming 600 so‘mlik “Nestle” kasha mahsulotlarini olib, bu haqda biror bir kishiga aytsalar o‘ldirib yuborishlari bilan qo‘rqitganliklari, shu sababli Sh.S. va X.O. bo‘lib o‘tgan voqeani to‘liq aytmaganliklari aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Qamashi tumanida yashovchilar 1997 yilda tug‘ilgan B.A., 1993 yilda tug‘ilgan D.O., 1996 yilda tug‘ilgan M.M., 1995 yilda tug‘ilgan Sh.A. va 1998 yilda tug‘ilgan Sh.X. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar