“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:08
ЎЗO‘Z

“Ahmadboy” domiga tushganlar pulini qaytarib oladimi?

21 fev, 22:39 6 370 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Ahmadboy” domiga tushganlar pulini qaytarib oladimi? Bugun, 21 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

Sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 25 orqali 211-moddasi (pora berishga suiqasd qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan sudlanuvchilarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot kotibi Aziz Obidovning aytishicha, hukm chiqarishda sudlanuvchilarning sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda yordam berganliklari alohida e’tiborga olingan.

“Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari faoliyatidan ziyon ko‘rgan jabrlanuvchilar bilan tergov qismi hali davom etmoqda. Tergov jarayonida jinoyat tarkibi aniqlanishi bilan sud ishi qaytadan boshlanadi”, deydi u.

Ma’lum qilinishicha, sud tomonidan yuqorida ko‘zda tutilgan jinoyatlar tufayli yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasi boshqa jinoyat ishlarini ham tergov natijalariga qarab hal qilinishi ko‘rsatib o‘tildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar