“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:12
ЎЗO‘Z

Tasanno! «Muallaq turuvchi darvesh» sirini ochdik!

19 fev, 21:00 11 473 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tasanno! «Muallaq turuvchi darvesh» sirini ochdik! Qator internet nashrlari singari biz ham Buxoroda yo‘lga qo‘yilgan yangi ko‘ngilochar dastur haqida «Buxoroda havoda muallaq turuvchi darvesh paydo bo‘ldi» sarlavhali xabar e’lon qilgandik. Bu xabar saytlar ortidan ijtimoiy tarmoqlarda ham aylana boshladi va odatdagidek ko‘pchilik o‘z izohlarini qoldirishga kirishdi.

Izoh egalarining aksariyati bu attraksion ko‘zbo‘yamachilik ekanligi, darvesh aslida hassasiga suyanib turganligi, imkon tug‘ilganda shartta fosh qilib tashlashi mumkinliklarini bildirishgan. Ayrimlar hatto suratlarni ham qoldirishgan, bu attraksion sirini ochuvchi videolavhalarni ham joylashtirganlar va hatto o‘zlari ham bu ishni qilishlari mumkinligini isbotlashga uringanlar.

Aziz zamondosh!

Xohlaymizmi, yo‘qmi, savol tug‘iladi: siz shu izohlarni jiddiy yozayapsizmi?

«Fazoviy kemalar koinotni zabt etayotganda...» deyilgan jumla ishlatilgan film chiqqaniga ham ellik yil bo‘layotgan bir paytda, biz juda maydalashib ketmayapmizmi?

Bu beqiyos zakovatingiz, aqlingiz bilan teatrdagi shoh aslida shoh emas, oddiy aktyor ekanligini, multfilmdagi bo‘rining quyonda hech qanday xusumati yo‘qligini, bo‘lganida allaqachon tutib yeb qo‘yishi mumkinligini isbotlashingiz ham hech gap emas. Shuningdek kinodagi Jan Klod van Damm ringga chiqqanda raqibini chindan tepmasligini, daryoga oqizilgan Tohir Xorazm malikasi qo‘liga tushgunicha sandiqning ichida allaqachon dimiqib o‘lib qolishini istehzo qilish mumkin, bemalol mumkin, ishonavering!

Vatandosh! Sal kengroq bo‘ling. Fikrlash bolalarcha ekanligi kamlik qilgandek, buni oshkora etishga shoshilmang.

Umuman, har qanday yangilikdan, har qanday g‘oyadan faqat salbiy jihat izlash, kamsitishga urinish kayfiyatidan qutulish lozim. Siz bilimdonlarcha fikr yuritadigan «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg g‘oyasi uchun sarmoyador izlab necha kishining eshigini taqillatgan. Sevimli «Ayfon»larimiz «ota»si Stiv Jobs kompaniyasini bankrotlikdan qutqarish uchun puldor odamlarga qancha sarg‘aygan.

Agar biz har qanday loyihani masxaralash ruhida kutib olsak, o‘zimizni bu kabi ishga kirishganlardan aqlli hisoblasak, rivojlanishni g‘ippa bo‘g‘amiz. O‘z qo‘llarimiz bilan, zahar tillarimiz bilan bo‘g‘amiz, tamom! Chunki o‘zimiz qilmaymiz, qilganni ham kamsitamiz, qo‘limizdan kelgani shu-da.


Yana bir savol: kimdir shu attraksionni olib kelib ishlatish g‘oyasini amalga oshirdi. Siz uni kalaka qilishdan o‘zga nima qilgansiz bu hayotda? Istehzolar ortidan erishgan yutuqlaringiz bilan ham bir o‘rtoqlashib yubormaysizmi?

Xorijda «aqlli»larga bir savolni berishni xush ko‘rishadi, shuni bizga ham tatbiq etish vaqti keldi shekilli: «Agar sen shunchalar aqlli bo‘lsang, ayt-chi, nega hamon kambag‘alsan? Nega o‘z loyihang ustida bosh qotirmay, boshqalarni g‘iybat qilib yuribsan?».

Qani, shoshilmay bir javob berib ko‘raylik-chi!
Manba: Xabar.uz
Muallaq turuvchi, darvesh, Buxoro




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar