“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:25
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: "Og‘ir paytlarda Kogonda 72 kun yotganman" (video)

19 fev, 20:45 8 171 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: "Og‘ir paytlarda Kogonda 72 kun yotganman" (video) O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Peshku tumanida viloyat faollari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyatdagi har bir tuman vakili videokonferens-aloqa orqali Prezidentga murojaat qildi.

Jumladan, Kogon tumani nomidan murojaat qilgan onaxon tumanda ichimlik suvi quvurlari eskirib ketgani, ularni yangilash bo‘yicha yordam kerakligini ta’kidladi.

«Bizda bitta muammo bor. U ham bo‘lsa, aholining 40 foizi ichimlik suvi bilan ta’minlangan — lekin suv quvurlari 1970 yillarda yotqizilgan. Ana shu ishda bizga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz», — dedi u.

O‘z murojaati davomida kogonlik onaxon Prezidentga: «Buxoroning yetti pirlari sizni doimo qo‘llasin!», — deb tilak ham bildirdi.

Mana shunday ayollar, hoji-onalar nomidan aytilgan tilaklar, «Yetti pirlar qo‘llab-quvvatlasin» degan gaplaringiz menga katta kuch bag‘ishlaydi. Xudo qancha ko‘p kuch bersa, Vatanimiz, xalqimiz uchun shuncha ko‘p mehnat qilamiz. Shunday sadoqatli, fidoyi onalarimiz borligidan juda mamnunman.

Haqiqatan ham, Buxoro qadimiy joy. Haqiqatan ham, Buxoroga safarlarimni Naqshband ziyoratidan boshlashimning tagida ham ko‘p-ko‘p ma’no bor. Buni tushungan odam to‘g‘ri tushunadi. Shuning uchun, sizga katta rahmat.

Bittagina iltimos qildingiz, endi darrov 40 foizini qilish qiyin. Kogonga Soliyev (uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri), Bekenov (iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari) boradi, nazoratini Muzraf Ikromov (Prezident davlat maslahatchisi) qiladi. Boringlar-da, Kogonning tahlilini aytinglar. Kerak bo‘lsa, qo‘shimcha pul orqali beriladi.

Albatta, biz suvni hal qilamiz. Kogon tumanini men o‘zim ham juda yaxshi bilaman, og‘ir paytlari o‘sha yerda o‘zim 72 kun yotganman. Kogonning har bir ko‘chasini yaxshi bilaman. Birga sinovlardan o‘tganmiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev, Buxoro, Kogon




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 130
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar