“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:51
ЎЗO‘Z

Qur’on qalblarga nur olib kiradi

18 fev, 14:00 5 286 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qur’on qalblarga nur olib kiradi Prezidentning 2017 yil 1 sentyabr kuni Hazrati Imom majmuasida davlat, jamoat, yoshlar tashkilotlari vakillari va diniy soha xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bergan ko‘rsatmalari asosida mamlakatning barcha hududida Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ushbu tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadlar, uning ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi ahamiyati haqida gapirdi, deyiladi idora rasmiy sayti xabarida.

— Bismillahir Rohmanir Rohiym. Haqiqatan, Qur’oni karim insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan, aql yurgizib, tafakkur qilib o‘qilsa, hidoyatga chorlaydigan muqaddas kitobdir. Zero, Qur’oni karimda: «Albatta, bu Qur’on eng to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etur va ezgu ishlarni qiladigan mo‘minlarga katta mukofot borligi haqida bashorat berur» («Isro» surasi, 9-oyat) deb marhamat qilingan. Inson Qur’oni karim oyatlarini yod olgani sari ruhi yengillashib, komillikka yetishib boraveradi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ham Qur’oni karimni o‘qigan, yod olgan va boshqalarga yetkazgan kishilarni insonlarning eng yaxshisi deb ta’riflaganlar. Bir hadisi sharifda: «Sizlarning yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, so‘ng uni (boshqalarga ham) o‘rgatuvchilardir» (Imom Buxoriy), deb bayon qilingan.

Qur’on muqaddas kitob, o‘xshashi yo‘q, tengsiz bir ilohiy mo‘’jizadir. Bu buyuk Kitobning kalimalari zamirida o‘ta teran ma’no-mazmun borligi, shuningdek, har qaysi inson Qur’oni karimning oyatlarini eshitgan paytda beixtiyor unga quloq tutib qolishi, butun vujudi bilan berilib tinglashi — bularning barchasi ushbu ulug‘ Kitob butun olamlarning yaratuvchisi bo‘lmish buyuk Allohning ilohiy so‘zi ekaniga yana bir dalolatdir.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan Qur’on musobaqasi o‘zgacha ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda, ommaviy tarzda o‘tkazilmoqda. Bu bejiz emas. Zero, Qur’oni karimni yodlash, tinglash va anglashda hikmat ko‘p. Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda: «Qur’onni eshitish, eshita olish — yuksak ma’naviyat, ma’rifat. Qur’on hech qachon yomonlikka da’vat qilmaydi. Agar Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak, bu muvaffaqiyat bo‘ladi. Elimizga nur keladi».

Qur’on musobaqasini tashkil etishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Qur’oni karim musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy hay’atning ishchi yig‘ilishlarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Qur’oni karim musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha Nizom, tashkiliy hay’at yo‘riqnomasi, baholash mezonlari va musobaqani o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichlariga tayinlangan 22 nafar hakam uchun o‘n kun davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Ular yetuk ulamolar va mutaxassislardan musobaqani yuqori darajada tashkil etish, ishtirokchilarni adolat va shaffoflik bilan baholash bo‘yicha ma’ruzalar tinglashdi.

2018 yil 4—15 yanvar kunlari joylarda qatnashchilar saralandi. Har bir hududdan 18—25 va 26—40 yosh toifalarida erkaklar hamda ayollar bo‘lib, jami 5366 nafar ishtirokchi ro‘yxatga olindi. Ular ikki yo‘nalishda, ya’ni «Hifz» (to‘liq yod olgan) va «Tilovat» (qisman yod olgan) bo‘yicha bellashishmoqda.

«O‘zbekiston Qur’on musobaqasi» uch bosqichli bo‘lib, uning birinchi — tuman-shahar (saralash) bosqichi yakunlandi. Shu kunlarda musobaqaning ikkinchi, ya’ni viloyat bosqichi Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi «Ma’rifatli» jome masjidida bo‘lib o‘tmoqda. Ta’kidlash joizki, musobaqaning ilk bosqichi ham aynan shu masjidda yuqori darajada boshlangan edi. Navbatdagi — viloyat bosqichini ham mazkur hududdan boshlashga qaror qildik. Ikkinchi bosqichga jami 324 nafar qori yigit-qiz yo‘llanma oldi. Musobaqa jarayonini diniy idoraning muslim.uz sayti orqali onlayn kuzatib, qalblarni ilohiy kalom ziyosi bilan to‘ldirishga chorlaymiz.

Qur’on musobaqasiga qiziqish qay darajada ekani havo sovuq bo‘lishiga qaramay, to‘p-to‘p bo‘lib kelgan, tadbirni kuzatgan yurtdoshlarimiz yuz-ko‘zida yaqqol ko‘rindi. Mana shunday fayzu barakotli kunlardan mamnun bo‘lgan hamyurtlarimiz qo‘llarini duoga ko‘tarib, uning shukronasi uchun yaratgan Parvardigorimizga hamdu sanolar aytishmoqda, bu ishga tashabbuskor bo‘lgan davlatimiz rahbari, tashkiliy ishlarga bosh mutasaddilar va muhtaram ulamolarimiz haqiga duolar qilishmoqda. «Ko‘pning duosi ko‘l bo‘ladi», deganlaridek, ana shunday xayrli va fazilatli tanlovlar o‘tayotgan yurtimizga yaxshiliklar urug‘i yog‘ilib, kunlarimiz bundan-da nurafshon bo‘lajak, inshoolloh.

Manba: xs.uz
Qur’on, qalb, nur




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar