“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:24
ЎЗO‘Z

Turkiyalik ishbilarmon va sarmoyadorlar O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga tayyor

12 fev, 22:51 4 529 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyalik ishbilarmon va sarmoyadorlar O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga tayyor 12 fevral kuni Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov va Xalqaro Press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev boshchiligida O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga doir muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning Antaliya, Bursa, Izmir, Anqara, Ko‘niya, Qayseri viloyatlarining Madaniyat va turizm boshqarmalari boshliqlari, Istanbul shahar hokim o‘rinbosari, Turkiya sayohat agentliklari uyushmasi (TURSAB) vakillari va qator kompaniyalar rahbarlari ishtirok etishdi. KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Turkiyadan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni - 20 ming nafarni, O‘zbekistondan Turkiyaga borayotgan sayyohlar soni esa 120 mingni tashkil qilmoqda. Endi vizasiz rejim joriy qilingandan keyin bu raqamlar yanada oshishi shubhasiz.

Turkiyalik mutaxassislar bugungi kunda O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni kuzatib borayotganliklari, "ota yurtlari"da yaratilayotgan qulayliklardan g‘oyatda xursand ekanliklarini ta’kidlagan holda, mamlakatimizda turizm sohasi rivoji yo‘lida g‘ov bo‘layotgan to‘siqlarga ham to‘xtalib o‘tishdi.

Turkiyalik ekspertlarning deyarli barchasi eng katta to‘siq sifatida "O‘zbekiston havo yo‘llari" chiptalari narxi yuqoriligini (ularning so‘zlariga ko‘ra, 700 dollar atrofida) ko‘rsatishdi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda ikkita yo‘nalishda qonun qabul qilinishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlashdi. Bulardan biri "Turizmni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi qonun bo‘lsa, ikkinchisi "Moliyalashtirish va ularning manbalarini ta’minlash to‘g‘risida" bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga sayyohlar kelishi uchun talabga javob beruvchi shart-sharoitlar yaratilishi haqida o‘ylab ko‘rish tavsiya etilib, mamlakatda turizmni rivojlantirishga qo‘llaridan kelgancha yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar