“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:34
ЎЗO‘Z

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i: yangiliklar nimalardan iborat?

12 fev, 16:10 16 389 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i: yangiliklar nimalardan iborat? Joriy yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tartiblariga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu aholi orasida turli tushunmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Rajabov quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

Joriy yildan jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tartibiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu borada aholida juda ko‘p savollar paydo bo‘lmoqda. Shu vaqtgacha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ, ya’ni kadastr idoralari tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining inventarizatsiya qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan baza hisoblangan.

Endilikda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning inventar qiymatidan emas, kadastr qiymatidan hisoblanishi joriy etilib, soliqning asosiy stavkasi 0,2 foiz qilib belgilandi (o‘tgan yili 1,7 foiz edi) va soliq hisoblashda kadastr qiymati 42 mln.so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yildi.

Mol-mulkning kadastr qiymati mavjud bo‘lmaganda, soliq shartli qiymatda hisoblanishi belgilangan. Joriy yildan Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlaridagi uy uchun 210 mln. so‘m, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 90 mln. so‘m miqdorida hisoblanishi o‘rnatildi.

Shu bilan birga, soliq yuki 2018 yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatiga asosan hisoblangan soliq summasi 2017 yildagi soliq summasiga nisbatan 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi.

Misol uchun, Qarshi tumanida joylashgan hovli-uyning kadastr qiymati 321,2 mln.so‘mni tashkil etib, 2018 yil uchun 429,1 ming. so‘m mol-mulk solig‘i hisoblanishi lozim edi, lekin, 2017 yilda ushbu mulk uchun hisoblangan soliq summasi 134,4 ming so‘m bo‘lgani uchun, 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilanganligi inobatga olinib, 2018 yil uchun soliq 161,3 ming so‘m hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar