“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:03
ЎЗO‘Z

Qarz shartnomasi qanday tuziladi?

12 fev, 00:49 13 827 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qarz shartnomasi qanday tuziladi? Qarz munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 41-bobida aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga muvofiq fuqarolar o‘rtasida qarz hajmi eng kam ish haqining 10 barobaridan ziyodni tashkil etsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart. Bunda qarz shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi shart emas. Lekin taraflardan biri shartnomaning notarial tasdiqlanishini talab etsa, bu so‘rovni amalga oshirish uchun xohlagan notarial idoraga murojaat qilish mumkin.

Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Buni aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.

Qarz shartnomasida to‘lov miqdori, rasmiylashtirilgan sana, joyi va majburiyat bajarilishini ta’minlash usullari, qaytarish muddati ko‘rsatilishi shart. Basharti shartnomada qarzning qaytarish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qarzdor zimmasidagi majburiyatni to‘lov talab qilingan sanadan e’tiboran ado etish kerak. Ushbu muhlatga amal qilinmaydigan holatlarda O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga ko‘ra notarius qarzdorga qarz summasini qaytarib berish to‘g‘risidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonunning 76-80-moddalari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ijro xatini yozadi.

Qonunda shartnoma bo‘yicha qarz beruvchi foiz olishga haqli ekanligi ham belgilab qo‘yilgan. Foizlar hajmi mahalliy bank muassasasining xulosasi va qonun talabiga muvofiq aniqlanadi. Masalan, amaldagi holatlarga ko‘ra yillik ustama qarz umumiy qiymatining 25-30 foiz hajmida belgilanib, qarz shartnomasida o‘z aksini topishi kerak yoki ustamalar ko‘zda tutilmagan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Agar bu holat nizoga sabab bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 324-moddasiga murojaat qilish lozim. Unga ko‘ra da’vogar axborot hisoblash Markazining iste’mol mollari va xizmat ko‘rsatish haqlarining o‘sish darajasi haqidagi ma’lumotnomasi asosida pulning qadrsizlanishi oqibatida ko‘rgan zararni sud orqali qoplashga haqlidir.
Manba: tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 100
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar