“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:53
ЎЗO‘Z

Toshkentda haydovchilik guvohnomalari berilishi vaqtinchalik to‘xtatildi

10 fev, 10:23 4 479 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda haydovchilik guvohnomalari berilishi vaqtinchalik to‘xtatildi Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarini ololmayotganlari yoki eskisini yangisiga almashtira olmayotganlarini ma’lum qilishgan. Ba’zi foydalanuvchilar bu ma’lumotlar bazasi yoki qurilmaning buzilib qolgani bilan bog‘langanini ta’kidlashgan.

Biroq Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida bu taxminlar rad etildi va guvohnomalar berilishi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshqa yerga ko‘chib o‘tayotgani tufayli to‘xtatilgani ma’lum qilindi.

“Ko‘chib o‘tish yakunlanishi va barcha serverlar ishga tushishi bilan biz pasportlarni ham, haydovchilik guvohnomalarini ham berishni boshlaymiz”, deb aytgan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev matbuot anjumanida.

Biroq Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining ko‘chib o‘tishi yakunlanishi aniq muddatlari bo‘yicha aniqlik kiritilmagan. Avvalroq 11 fevral sanasi aytilgandi, biroq 8 fevralda ushbu jarayon biroz cho‘zilishi mumkinligi aytilgan.

Ayni vaqtda yangi turdagi haydovchilik guvohnomalari 4 ta joyda: Fayzoboddagi Toshkent shahar IIBB YHXB Imtihon olish va qayd qilish bo‘limi hamda Chilonzor, Yunusobod va Sergeli tumanlararo imtihon olish bo‘limlarida berilayotgandi.

Yangi turdagi haydovchilik guvohnomalari 10 yillik muddatga berilmoqda. Amaldagi haydovchilik guvohnomalarining yangisiga almashtirilishi 2017 yil 1 oktyabrdan 2018 yil 31 dekabrgacha ko‘ngilli tarzda, 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha majburiy tarzda amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar