“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:57
ЎЗO‘Z

Afandining tarvuzi yoki kamchilikni nega yashiramiz?

09 fev, 23:20 4 414 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Afandining tarvuzi yoki kamchilikni nega yashiramiz? Eshitgansiz, Afandining uyiga mehmon kelganda u xotiniga “Tarvuzlar orasidan bitta eng yaxshisini tanlab, so‘y!” deydi. Xotini qay birini so‘yishni so‘rab, bitta tarvuzni uch-to‘rt marta qayta-qayta olib kelib ko‘rsatadi.

Buni biz tek tarvuzni xirmon qilib ko‘rsatgan xotinning donoligi, deb baholab kelganmiz. U erining so‘zini yerda qoldirmaslik, oilasini badavlat ko‘rsatish uchun rol o‘ynaydi. Eri shop mo‘ylovini burab, ko‘krak keradi.

Ikki aldov bir o‘lim, o‘zgarmasdir bu yo‘lim, degandek bu xususda minglab latifalaru rivoyatlar, she’rlaru hokoyatlar mavjud. Bugunga kelib kamchilikni yashirib, o‘zimizni ko‘z-ko‘z qilishni milliy qadriyat darajasiga chiqarib qo‘ydik.

Natija esa har birimizning o‘zimizga ayon: tovuq himmatli, tuxum qimmatli! Yo‘qni bor qilib ko‘rsatish davlat darajasi yetgandi. Eshitdingiz, “Sakkiz foyiz” ertagidan, oltin ketgan yer tagidan!

Bugun ham mamlakat rahbari bir viloyatga borar ekan, uning safar yo‘li bo‘ylab yangi daraxtlar ekiladi, asfalt yotqiziladi, devorlar bo‘yab qo‘yiladi… Mustaqillikdan keyin urfga kirgan bu odat o‘zbekni kulgiga qoldirgandi. “O‘zbeklar prezident kelishidan oldin dalada paxta oppoq ochilgan qilib ko‘rsatish uchun bo‘sh chanoqqa paxta tiqib chiqishgan” deb yozishgandi. Bugun bunday qilinmasa ham (u tomonini yana Xudo biladi), qo‘shib yozishlardan besh-olti “kalla” uchib yetdi. Anig‘i shuki, bugun ham prezident boradigan yo‘llar bo‘ylab “hashar” bor.

Ba’zilar, ha endi, bu xalqimizning azaliy odati, mehmon keladigan bo‘lsa, uy supuriladi, bo‘yaladi, qurigan ko‘chatlar qirqib tashlanadi, deb to‘nni xalqning ustiga yopib qo‘yishlari mumkin. Hamma narsaga balogardon xalq. Chunki xalq mavhum tushunchaga aylandi, bechoraga aylandi, so‘ksang ham, ursang ham, ayblasang ham chidaydi.

Odatlarimiz go‘zal — mehmon bahona ancha ishni qilib olamiz. Bunga gap yo‘q. Lekin biz gapirayotgan gap — tarvuzni ko‘rsatib mehmonni aldash, bu — mehmondo‘stlikka kirmaydi.
Viloyat yo tumanga Prezident kelmoqda. U haqiqiy ahvolni bilmoqchi. Uchi yerga kirib ketayotgan teskari piramidani o‘nglamoqchi. Hokim esa, “mana shu joylar xaroba, mana bu yo‘llar o‘nqir-cho‘nqir, ahvolimiz og‘ir, yordam qilib yuboring, piramidani birgalashib o‘nglaymiz” deyish o‘rniga hammasini do‘nglab qo‘yadi, ko‘chalarni doktorlarga supurtirib, daraxtlarni muallimlarga bo‘yatib. Xo‘p, do‘ngladi-aldadi. Oliy mehmon xursand bo‘lib ketdi. Nima bo‘ldi?

Bu “hunar”ning ikki unari bor
Birinchisi, hokim “byudjetnik”larni majburan ishlatib, ko‘zbo‘yamachilik qildi. Xalq buni ko‘rib turadi. Uning hukumatga, hokimga, xususan kelgan oliymaqom rahbarga ishonchi so‘nadi. Demak, hokim xalq va prezident orasiga rahna soldi. Zamona oxir bo‘lsa, murid pirni yondirar, deydilar-ku?!

Ikkinchisi, Prezident gulu gulzor hayotni ko‘ra-ko‘ra shunga ishonib qolishi mumkin. U ham odam. Marsdan kelgan emas. Mamlakat va millat haqiqatdan ham gullab ketdi, deya chorak asr oyoqni anhorga solib o‘tirishi ham mumkin. Demak, aldovi bilan hokim butun millat va mamlakatga yomonlikni ravo ko‘rdi. Boshi yo‘qning oshi yo‘q, degani mana shu.

Bu holatni hokimlar bilsalar ham bilmaslikka olsinlar. Xalq saylamagan-xalqni siylamas! Lekin mahalliy jurnalistlar-chi? Ular haqiqatni biladilar-ku? Nega yozmaydilar, ko‘rsatmaydilar? Yozadilar, ko‘rsatadilar — gulu gulzorni, mehmonning poyiga to‘shalgan poyondozlarni. Nahotki jurnalistlar xalqni o‘ylamaslikka o‘rganib bo‘ldilar? Axir ularning o‘zlari ham shu xalqning bir parchasi-ku? Inson o‘zini o‘zi unutishi mumkinmi? Qalampirni achchiq degan til kesiladigan zamonmas-ku?! Har holda ularning o‘zlari bu gapni aytmoqdalar!

Shunday ekan, tashabbusni yosh jurnalistlar qo‘lga olib, Afandining tarvuzi aslida bittaligini yozishlarini istardim.
Manba: fayzbog.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar