“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:08
ЎЗO‘Z

Sharqona urf-odatlar kushandasiga aylanayotgan xabarlar

08 fev, 14:30 5 214 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sharqona urf-odatlar kushandasiga aylanayotgan xabarlar Demak, har xil uyali aloqa vositalari tarmoqlari o‘zlarining mijozlariga har kuni bir necha martalab yuborayotgan «tanishuv», «sevgi-muhabbat izhori», «sevgilingizga yuboring» va yana qandaydir balandparvoz hamda yoshlarni o‘ziga mahliyo qiladigan ma’lumotu xabarlarni yoki telefon raqamlar, manzillar to‘g‘risidagi SMSlarni go‘yoki oila qurish niyatida yurganlar, taqdiri taqdiriga bog‘lanmay turganlar, tengini topolmayotganlarga xolis yordam berayotgandek ko‘rinsa-da, aslida, buning aksi. To‘g‘ri, mazkur ishlarni qilayotganlar «Qanchadan-qancha yoshlar xizmatimizdan foydalanib, o‘zaro tanishib, oila qurdi», deyishi mumkindir.

Lekin bu bir bahona, xolos. Haqiqatda esa o‘sha xizmatdan foydalanib, oila qurganlar baxtli yashayotgani yo‘q. Ularning baxti lahzalik va o‘tkinchi. Ularda na ishonch, na o‘zaro hurmat bor. Eng yomoni, ana shunday SMSlar tufayli qanchadan-qancha oilalar ajrashib ketmoqda. Chunki oilali, bola-chaqali bo‘lganlarning ham tarbiyasi va axloq-odobi, xususan, o‘zining juftiga bo‘lgan sadoqat va vafosi zaifligi tufayli yoki oddiy ermak sifatida, boringki, qiziqish ustunlik qilib SMSda ko‘rsatilgan telefon raqamiga sim qoqishadi. Birinchi martada bu narsa oddiy qiziqish yoki ermak bo‘lishi mumkin. Lekin SMSda kelayotgan e’lonlar shu darajada jiloli bo‘lib, aksar o‘quvchilarni o‘ziga mahliyo qilmoqda. Natijada o‘quvchi mazkur SMSning zaharli to‘riga ilinib, alaloqibat uning ayanchli qurboniga aylanadi.

Chunki ba’zi oilalarda er-xotin oshkora yoki xufiyona, baribir, bir-birining telefonini tekshirishni odat qilgan. Bu odat bir kunmas-bir kun o‘zining salbiy natijasini ko‘rsatib, er-xotinning bir-biriga xiyonat qilayotganligi ma’lum bo‘ladi. Kimlardir «Ha, endi telefonda gaplashgan bo‘lsa, nima qilibdi, namuncha vahima qilasizlar, balki do‘stona muloqotda bo‘lgandir?» deyishi mumkin. Lekin mana shu taskin beruvchi so‘zlarning o‘zi kelajakda katta jinoyat bo‘lmish xiyonat, zino, oilaning buzilishi, farzandlarning tirik yetim qolishi va o‘nlab oilalarning quda-andachilik tufayli bog‘langan rishtalarini uzadi, qalblarni esa parcha-parcha qiladi. Qolaversa, bunday hayosiz, beparda e’lon yoki takliflarni mijozlarga tarqatish bizning sharqona urf-odatlarimiz, milliyligimiz va madaniyatimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

Chunki bunday ishlarning zamirida «ommaviy madaniyat» lashkarlarining g‘arazli maqsadlari yashiringan. Albatta, ular mazkur xizmatlar tufayli nafaqat butun insoniyatni ma’naviyatsizlik, behayolik, iymonsizlik, axloqsizlikka da’vat qiladi, balki moddiy tarafdan ham mo‘maygina daromadga erishadi. Bunday ishlarni nafaqat uyali aloqa vositalari tarmoqlari, balki ba’zi bir shaxslar ham xayrixohlik bilan amalga oshirayotganliklari eng katta musibatdir. Vaholangki, Alloh taolo «Moida» surasida marhamat qiladi: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang» (2-oyat).

Darhaqiqat, biz mo‘min-musulmonlar, o‘zaro yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilishimiz lozim hamda lobuddir. Xorijdan turib har xil g‘arazli maqsadlar ila «ommaviy madaniyat» bayrog‘i ostida millatdosh va dindosh qardoshlarimiz orasiga fitna-fasodlarni yoyish, ularning birligi, ittifoqligi, milliyligi va ma’naviyatiga rahna soladigan turli e’lonlar yoki ko‘ngilochar o‘yinlarni yuborayotganlarning xizmatkoriga aylanib, ular bilan gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmasligimiz kerak.

Manba: hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar