“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:45
ЎЗO‘Z

Pornografiya – buzuqlik targ‘iboti uchun qanday javobgarlik belgilangan?

07 fev, 09:50 11 145 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pornografiya – buzuqlik targ‘iboti uchun qanday javobgarlik belgilangan? Pornografiya mahsuloti – badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoxud odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoxud foto, video tasvirini yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va narsalar.

Pornografik video yoki rasmlarni tayyorlagan, O‘zbekiston hududiga olib kirgan, reklama qilgan, namoyish etgan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik: pornografik mahsulot, shuningdek uni tayyorlashda, tarqatishda, reklama qilishda va namoyish etishda foydalanilgan vositalari musodara qilinib, fuqarolarga eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha (hozirda bu miqdor 8 612 000 so‘mdan 17 224 000 so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha (17 224 000 so‘mdan 25 836 000 so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoiy javobgarlik: shunday qilmish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha (68 896 000 so‘mdan 103 344 000 so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Shuningdek, pornografik mahsulotni tayyorlashda voyaga yetmagan shaxsni jalb qilish, shuningdek, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Manba: mulohaza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 70
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 342
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar