“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:06
ЎЗO‘Z

Farg‘onalik talaba qiz: «Men ham o‘zga yurtlarda sarson bo‘lmasligim uchun ota-onam Rossiyada ishlayapti»

03 fev, 13:31 6 467 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onalik talaba qiz: «Men ham o‘zga yurtlarda sarson bo‘lmasligim uchun ota-onam Rossiyada ishlayapti» «Daryo» internet-nashri «Muhojirlar hayoti» loyihasi doirasida o‘zi yoki yaqinlari xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarimizning fikrlarini e’lon qilib kelmoqda.

E’lon qilinayotgan ushbu monolog — ota-onasi 7-8 yildan beri Rossiyada mehnat qilayotgan farg‘onalik talaba qizga tegishli (uning so‘zlarini «Daryo» muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi). Uning iltimosiga ko‘ra, ismi-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmadi.

Men Farg‘ona viloyatida tug‘ilib o‘sganman. Hozir pedagogika institutida 1-kursda o‘qiyman. Bir necha yildan beri bobom va buvim bilan birga yashayman.

Ota-onam O‘zbekistonda texnikumda o‘qishgan, ma’lumotlari — o‘rta maxsus. Ehtimol, oliy ma’lumotli bo‘lmaganliklari uchun ham Vatanda o‘zlariga munosib daromadli ish joyi topolmay, ishlagani Rossiya ketishdi. Masalan, onam 15 yil maktabda o‘qituvchilik qildi, biroq ma’lumoti oliy bo‘lmagani uchun ishdan bo‘shatildi — vaholanki, onam oliy ma’lumotli o‘qituvchilardan ham ko‘proq bilimga ega.

Otamning do‘koni bor edi, biroq tushum yaxshi bo‘lmagach, do‘konni yopib 2009 yili Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga ishlagani ketdi. Bir yil o‘tib onam va ukamni o‘z yoniga chaqirib oldi — ukam 1-sinfga ham Rossiyada chiqdi, men esa maktabim borligi uchun O‘zbekistonda — bobom va buvim qaramog‘ida qoldim.

Otam Sverdlovskda «Gazel» haydaydi, onam esa non-bulochka sexida ishlaydi. Mehnat sharoitlari yaxshi, ijaraga bir xonali kvartira olishgan. O‘zlarining sarf-xarajatlaridan orttirib, O‘zbekistonga har oy 3 million so‘m atrofida pul jo‘natishadi.

2014 yili ota-onamning oldiga bir o‘zim samolyotda bordim, ular bilan uch oy birga yashadim. Shu bilan birga, u yerdagi boshqa vatandoshlarimiz hayotini ham kuzatdim. Sverdlovskdagi o‘zbeklarning asosiy qismi qurilishda ishlaydi, juda ko‘pchiligi yoshlar. Ularning mehnat sharoitlari og‘ir, havo yomg‘irli va sovuq bo‘lganida ham ishni to‘xtatishmaydi.

Bundan boshqa qiyinchiliklar ham bor. Masalan, yaqinda O‘zbekistonning haydovchilik guvohnomalari Rossiyada amal qilmaydigan bo‘ldi. Shu bois otam o‘sha yerda qayta imtihon topshirib, Rossiyaning haydovchilik guvohnomasini oldi. Ammo Rossiyada haydovchilik qilayotgan, afsuski, imtihondan o‘tolmagan ko‘plab vatandoshlarimiz O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘ldi.

Ota-onam ham oson pul topayotgani yo‘q, lekin, shukrlar bo‘lsinkim, boshqa vatandoshlarimizdek ko‘p qiynalishmayapti.

Ota-onasiz ulg‘ayish oson emas. Buni bir so‘z yoki ikki qator gap bilan ifodalash mushkul. Ota-onam dastlab uy-joylarimizni yaxshilash uchun Rossiyaga ketishgan edi, endi esa men va ukamning o‘qishini ta’minlash uchun o‘sha yerdalar. Hozircha O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirishmayapti.

Kontrakt asosida o‘qiyman, bir yillik kontrakt puli — 6 million 650 ming so‘m. Ota-onam yuborgan pul evaziga o‘qish pulini to‘layapman. Ota-onam ular kabi o‘zga yurtda sarson bo‘lmasligim, boshqa bir xonadonga kelin bo‘lib borganimda ham foydam tegishi uchun o‘qitishyapti. Boz ustiga, oldinda to‘y tashvishlari bor — buning xarajatlari ham ancha mablag‘ bo‘ladi.

Menimcha, O‘zbekistondagi mehnat birjalarida taklif qilinayotgan ish o‘rinlarining maoshiga yashash qiyin, oila tebratish haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Lekin bu bilan O‘zbekistondagi sharoitlar yaxshi emas, deyishdan yiroqman. Nima bo‘lgan taqdirda ham, o‘qishni bitirganimdan keyin hech qachon Rossiyaga ishlagani bormayman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar