“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:51
ЎЗO‘Z

AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi: «Prezident xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqda»

02 fev, 15:38 4 247 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi: «Prezident xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqda» O‘zbekiston milliy axborot agentligi Vashingtonda o‘tgan davra suhbati haqida maqola e’lon qildi. Unda taniqli siyosatchilar, fan arboblari hamda jurnalistlar ishtirok etgan.

O‘zAda keltirilishicha, 2000-2003 yillarda AQShning O‘zbekistondagi, 2003-2006 yillarda esa Ukrainadagi elchisi bo‘lgan, hozirda u Atlantika Kengashida etakchi ekspert Jon Herbst Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlarini yuqori baholagan.

— O‘tgan bir yil ichida Toshkent tashlagan qadamlarga qarab, bu mamlakatda siyosiy-biznes elita Prezident atrofida birlashganini ko‘rish mumkin. Mirziyoyevga yakkahokim deb qaray olmaymiz. Prezident qarorlarni o‘zi bilganicha qilayotgani yo‘q, u uyushgan elitaga tayanmoqda.

Prezident xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqda. Shu bilan Mirziyoyev usta siyosatchi ekanini namoyon qilmoqda. Aytayotgan gaplari, tashlayotgan ehtiyotkor qadamlari bilan hammani sinovdan o‘tkazmoqda, tavakkal ham qilayotgani aniq.

O‘zbekiston Rossiya va Xitoy bilan tutashmagani unga ustunlik beradi. Vashington u bilan shu bois ham yaqindan ishlashi kerak. Va bir narsani esda tutish lozim: O‘zbekiston tobora o‘zgarib, erkinlashib borishi uchun yordam zarur, lekin demokratiya va matbuot erkinligiga erishish uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi.

Siyosiy mentalitet yangilanishi, xalq erkinlik va qonun ustuvorligi degan qadriyatlarga o‘rganishi uchun nafaqat sabr-qanoat zarur, balki qattiq mehnat ham qilish zarur. Islohotlar faqat Prezidentga bog‘liq emas, o‘zgarish qilish faqat uning qo‘lida emas. Lekin davlat rahbari xalqiga bu borada yetakchilik qilishi zarur.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar