“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 12:44
ЎЗO‘Z

Shahrisabzga tezyurar poyezd boradi

28 yanv, 21:30 5 137 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahrisabzga tezyurar poyezd boradi Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shahrisabz shahriga ham bordi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shahrisabz shahriga tashrifi doirasida davlat rahbari Oqsaroy maydonidagi «Koba» madaniyat majmuasida viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishgan. «Loyihalar iqtisodiy jihatdan rang-barang bo‘lib, barchasi aholi farovonligi va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan», — deyiladi O‘zA xabarida.

O‘zbekiston rahbariga dastlab Qashqadaryo viloyatida 2018—2019-yillarda turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish rejasi taqdim qilindi. Rejaga ko‘ra, 167 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘llib, zamonaviy mehmonxonalar tashkil etish, transport xizmatlari ko‘rsatish, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash shular jumlasidandir. «O‘zbekturizm» kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan loyihalardan yana biri eko va etno turizmni rivojlantirish, Amir Temur tug‘ilgan maskanni turizm maskaniga aylantirishga qaratilgan.

Davlatimiz rahbari bugun dunyoda ko‘plab davlatlar bu sohani o‘zlashtirib, katta daromad olayotganini ta’kidlar ekan, yurtimizdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Prezidentga taqdim etilgan loyihalardan yana biri Toshg‘uzor-Shahrisabz-Kitob temir yo‘lini modernizatsiya qilish va elektrlashtirishni nazarda tutadi. Loyihaga ko‘ra, Shahrisabz shahrigacha tezyurar poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yiladi. O‘zAning xabarida loyihaning qiymati, ijrochilari va amalga oshirish muddati haqida ma’lumot berilmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 0
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 119
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 157
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 143
  • So'nggi yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 123
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • Bo‘limlar