“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:01
ЎЗO‘Z

To‘rt yoshli qizchaning ibrati…

28 yanv, 18:04 5 677 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘rt yoshli qizchaning ibrati… Avtobus tirband. Bo‘sh o‘rindiq yo‘q. To‘rt yoshlar chamasidagi qizchasi bilan arang ilinib olgan xomilador ayol, birov joy bo‘shatarmikin, degan umidda qo‘l telefonlariga termulib o‘tirgan yoshlarga qarab qo‘yardi. Ular parvoyi falak. Ko‘rsa ham ko‘rmaganga olib, joy berishmadi. Shu vaqt yoshi oltmishdan o‘tib qolgan ziyolinamo kishi o‘rnidan turib, iltifot qildi:

— O‘tiring, qizim! Uzr, e’tibor qilmabman.

Ayol rad qildi. Ammo u keskin bosh chayqab, ona-bolani o‘tirishga majbur qildi.

Ayol xijolat bo‘lsa ham, o‘tirdi. Ammo qizcha “o‘tirmayman” deb turib oldi. Boyagi odam cho‘ntagidan bir dona konfet olib uzatar ekan, “nimaga o‘tirmayapsan, ona qizim?” deb so‘radi.

— Ciz tuyganda men o‘tiyamanmi, amaki? Unaqa taybiya olmaganman. Kattalay tuyganda o‘tilib ketolmayman.

Uning javobi jaranglab chiqqani uchun hamma eshitdi. O‘rindiqlarga mixlanib qolgan yoshlar telefonlaridan boshini ko‘tarib, duv etib o‘rnilaridan qo‘zg‘alishdi.

Yashavor! Mittigina qizcha odobsizlarni zo‘r tarbiyalab qo‘ydi-ya. Ana bo‘larkan-u! O‘ziyam ellik foiz o‘rindiqlar bo‘shab qoldi.

Ammo bekorga xursand bo‘lgan ekanman. Eshik oldiga kelgan yoshlar qandaydir oliygoh bekatida tushish uchungina qo‘zg‘alishgan ekan. Ularning o‘rniga boshqalari chiqdi. Boyagi ziyoli odam va qizcha hamon tik, yangi chiqqanlar esa yaxshilab o‘rnashib, allaqachon telefonlarni chiqarib olishgandi.
Muazzam IBROHIMOVA

Manba: tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar