“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:11
ЎЗO‘Z

Andrey Kazansev: «Shavkat Mirziyoyev oqimga qarshi bormoqda»

28 yanv, 00:05 7 971 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Kazansev: «Shavkat Mirziyoyev oqimga qarshi bormoqda» «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bosh ilmiy xodimi, institutning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston muammolarini tadqiq etish markazi direktori Andrey Kazansev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyati haqida o‘z fikrini bildirar ekan, uni «yirik tarixiy shaxs» deb ta’rifladi.

«Men doimo O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida juda ehtiyotkorlik bilan fikr bildirar edim, — deb yozadi A.Kazansev. — Lekin bugun bu islohotlar haqida ochiq-oydin aytish kerak, deb o‘ylayman».

«Shaxsning yirikligi nima bilan belgilanadi?» degan savolga rossiyalik ekspert quyidagicha javob berdi: «U kerak bo‘lganda «oqim bo‘ylab», zarurat tug‘ilganda esa «oqimga qarshi» harakatlana oladi, oddiy, o‘rtamiyona inson esa bunday qilishga qodir emas. Yirik shaxs ijodiy yondasha oladi. Bu, ayniqsa, siyosatchilarga xos».

«Bugun sobiq sho‘rolar hududida, hatto butun dunyoda konservatizm ruhi ustuvorlik qilmoqda. Shavkat Mirziyoyev esa O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish tashabbusi bilan chiqmoqda. Dunyoda va sobiq sho‘rolar hududida o‘z qobig‘iga o‘ralish kayfiyati kuchayib borayotgan bugungi kunda Shavkat Mirziyoyev xalqaro iqtisodiy hamkorlikni jiddiy ravishda kengaytirmoqda. Jahonda turli qarama-qarshiliklar kuchaymoqda, Shavkat Mirziyoyev esa Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari bilan murosa qilib, mintaqadan tashqari barcha Hamdo‘stlik davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilamoqda. Umuman, oqimga qarshi bormoqda, lekin bunda faqat O‘zbekiston manfaatlari ustuvorlik kasb etmoqda. Uning shaxs sifatidagi yirikligini belgilaydigan omil aynan mana shunda», deb fikriga xulosa qiladi A.Kazansev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 110
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 70
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 208
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar