“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:02
ЎЗO‘Z

Qadoqlangan sharbatlar haqida bilish lozim bo‘lgan ma’lumotlar

22 yanv, 22:00 6 188 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qadoqlangan sharbatlar haqida bilish lozim bo‘lgan ma’lumotlar Barchamiz kundalik hayotimizda turli nomdagi qadoqlangan sharbatlarni ichamiz. Ayniqsa, tug‘ilgan kun, bayram tantanalarida u dasturxonimizning eng muhim ichimligiga aylangan, desak, adashmaymiz. Xo‘sh, mazkur sharbatlar haqida nimalarni bilishimiz kerak? Marhamat, tanishing.

Bizning fikrimizcha: yangi sharbatlarni och qoringa ichib bo‘lmaydi, aks holda oshqozon buziladi.

Aslida: yangi siqilgan sharbat ham boshqa ichimliklardan farq qilmaydi. U xoh qadoqlangan sharbat bo‘lsin, xoh kisel. Sharbat och qoringa ichilganda oshqozon kislotasi ishlab chiqarish yaxshilanadi, shu bois, uni avval ichib, so‘ng ovqatlangan ma’qul. Oshqozon kasalliklariga uchragan insonlarga esa sharbatlar, aynisqa, ananasli, apelsinli sharbatlar nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi.

Bizning fikrimizcha: bolalarga mo‘ljallangan qadoqdagi sharbatlar, odatdagilaridan ancha yaxshi, uning tarkibida shakar kam bo‘ladi.

Aslida: «Bolalar uchun mo‘ljallangan» sharbatlarning marketing xususiyatlari ko‘proq. Undagi shakar tarkibiga kelsak, odatdagilari bilan bir xil miqdorda bo‘ladi.

Bizning fikrimizcha: qadoqlangan sharbatlarning hech qanday foydasi yo‘q.

Aslida: qadoqlangan sharbatlar qayta ishlash jarayonida ko‘p miqdorda S vitaminini yo‘qotadi. Yangi siqilgan sharbatlarda esa miqdori ko‘p bo‘ladi. Shu bois uning foydasi unchalik yo‘q. Juda ham ozg‘in yoki katta jismoniy kuch sarflaydigan insonlar uchun qadoqlangan sharbatlar yaxshi natija beradi. Boshqalar uchun bunday sharbatlar qonda shakar miqdorining va tanadagi yog‘ qatlamining ko‘payishiga olib keladi.

Bizning fikrimizcha: shisha idishdagi sharbat qadoqlanganlariga qaraganda zararli emas.

Aslida: sharbat undagi shakar miqdori sabab zararli. Shu bois, uning qanday idishda ekani ahamiyatsiz. Qolaversa, qadoqdagi sharbatlar qolganlariga qaraganda uzoq saqlanadi.

Xulosa qilib aytganda, yangi yoki qadoqlangan sharbatmi, ikkisi ham yaxshi tanlov. U mevalardan tayyorlanadi va vitaminlarga boydir. Shuning uchun sog‘lig‘imiz uchun ularning faqatgina foydasi bor.

Manba: xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar