“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 10:33
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi: ularning aksari namanganliklar

19 yanv, 10:40 7 392 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi: ularning aksari namanganliklar 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganish uchun O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida tashkil etilgan Maxsus hukumat komissiyasi ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.

Kuni kecha Akto‘be oblasti Irg‘iz tumani hududidan o‘tuvchi «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 1068 kmda Kaliboy aholi yashash punktidan 10 km uzoqlikda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi. Setra rusumli avtobus (dastlabki xabarlarda bu «Ikarus» bo‘lgani aytilgandi) boshqa transport vositasi bilan to‘qnashmagan, harakatlanayotgan vaqtida alanga olgan, deb yozmoqda Kun nashri.

Avtobus Qozog‘iston janubidan Rossiyaning Qozon shahriga yo‘l olgandi. Avtobusda jami 57 kishi bo‘lgan, faqat 5 kishi undan chiqa olgan, qolgan 52 kishi halok bo‘lgan. OAVda qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi.

Omon qolgan 5 kishidan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum. Ayni vaqtga kelib ularning shaxsi aniqlangan. Ular 1988 yilda tug‘ilgan Ahror Isakov va 1980 yilda tug‘ilgan Isroiljon Mirzaahmedov bo‘lib, ularning ikkisi ham Namangan viloyatida istiqomat qilishadi.

Maxsus komissiya tarkibidagi manba Kun.uz nashriga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan 52 kishidan 31 nafarining shaxsi aniqlangan. Ularning aksar qismi Namangan viloyatidan bo‘lgan.

Yaqin vaqtlar ichida shaxsni aniqlash ishlari yakunlanib, marhumlarning ro‘yxati e’lon qilinishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 44
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 55
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 55
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 150
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 169
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 136
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 280
  • Bo‘limlar