“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:49
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

18 yanv, 21:38 6 896 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan, ko‘plab o‘zbekistonliklarning o‘limiga olib kelgan fojia munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

«Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi», — deyildi «O‘zbekiston» telekanali «Axborot» dasturida.

Bugun, 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Akto‘be viloyati Irg‘iz tumani hududidan o‘tuvchi «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 1068 kmda Kaliboy aholi yashash punktidan 10 km uzoqlikda «Ikarus» rusumli avtobus yonib ketdi. Ushbu ikki qavatli avtobusda jami 57 kishi bo‘lgan, faqat 5 kishi undan chiqa olgan, qolgan 52 kishi halok bo‘lgan. Hozircha halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmagan.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Qozog‘istonda ko‘plab o‘zbekistonliklarning halok bo‘lishiga olib kelgan fojia sabablarini o‘rganish yuzasidan bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida hukumat komissiyasi tashkil etilgan. Ayni vaqtda ushbu komissiya Aqto‘be shahriga uchib ketgan.

Maxsus hukumat komissiyasiga Qozog‘iston vakillari bilan hamkorlikda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish, mamlakat fuqarolari shaxsini aniqlash vazifalari yuklatilgan.

Shuningdek, komissiya halok bo‘lganlarning tanalarini mamlakatga olib kelish, ularning oilalariga zarur yordamni ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar