“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:11
ЎЗO‘Z

Haydovchi va yo‘l harakati xavsizligi xodimi janjallashdi! Kim haq? (Video)

11 yanv, 17:01 12 777 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haydovchi va yo‘l harakati xavsizligi xodimi janjallashdi! Kim haq? (Video) Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi videoroliklarga duch kelamiz. Ularda haydovchi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimining talabiga ko‘ra tegishli hujjatlarni taqdim etmasdan har xil bahona yoki vajlar bilan chalg‘itishi aks etgan bo‘ladi. Aslida esa yo‘l harakati xavsizligi xodimi ko‘krak nishoni bo‘lsa kifoya. Bu ichki nizomlarda xujjatlar orqali yaqqol ko‘rsatib o‘tilgan. Yo‘l harakati xavsizligi xodimlariga nisbatan negativ fikrlar har doim ham to‘g‘ri emas. Haydovchilar o‘z burchlaringizni ham unutmang!
Videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Mazkur holat, haydovchining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimining talabiga ko‘ra tegishli hujjatlarni taqdim etmasligi yoki qanaqadir bahona, vajlar bilan vaziyatni o‘zicha o‘zgartirishga harakat qiladi va bu, albatta, haydovchi uchun maqbul yo‘l emas. Sababi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qaroriga 1-ilova “Yo‘l harakati qoidalari”ning II-bo‘limida haydovchilarning umumiy majburiyatlari keltirilgan bo‘lib, mazkur bo‘limdagi 7-bandga ko‘ra, mexanik transport vositasining haydovchisi quyidagilarni yonida olib yurishi va IIO (Ichki ishlar organi) xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etishi shart:

* haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yoki transport vositasini vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talonni, haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qo‘yilgan bo‘lsa, uning talonini, haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qo‘yilgan hollarda vaqtinchalik ruxsatnomani;

* vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni;

* transport vositasi yoki tirkamani qayd qilish guvohnomasini, transport vositasining egasi bo‘lmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni;

* transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini;

* qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda yo‘l varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini.

* qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda — «Avtotest Report» MChJ o‘quv kompleksining haydovchilar malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikati.

Shunday ekan, mazkur majburiyatlaridan birini bajarishdan bosh tortgan hollarda, albatta, tegishli ravishda, ya’ni militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmasligi yoxud militsiya xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmasligi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 194-moddasiga asosan, eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 maydagi 68-son buyrug‘iga ilova “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma 36-bandiga ko‘ra, yuqoridagiga o‘xshash holatlar yuz bersa, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 194-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy ish ko‘rib chiqilgunga qadar ushlab turilishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 796
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar