“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 21:34
ЎЗO‘Z

Farg‘onada pora talab qilgan jurnalist qo‘lga olindi

11 yanv, 14:30 6 507 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onada pora talab qilgan jurnalist qo‘lga olindi Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan "Tafsilot-press" gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari N. Ashurov Farg‘onadagi tibbiyot muassasalari va bog‘chalarda zaxira rejasida ko‘rsatilgan hajmda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yaratilmagani holatini gazetada yoritmaslik uchun 1ming 500 dollar AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan, deb xabar qilmoqda O‘bekiston milliy axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, Ashurov Farg‘ona viloyatidagi xalq ta’limi va tibbiyot muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, oziq-ovqat zaxirasini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar ahvolini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuboriladi. U Farg‘ona tumanidagi 32 va 3-maktabgacha ta’lim muassasalarida zaxira rejasida ko‘rsatilgan hajmda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi yaratilmaganligi holatini matbuotda yoritmaslik evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 1 ming 500 AQSh dollari talab qilgan.

Ashurovni qo‘lga olish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Farg‘ona shahar va Farg‘ona tuman bo‘limi xodimlari, Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona tumani bo‘limi xodimlari jalb qilingan.

2017 yil 19 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida N.Ashurov Farg‘ona shahridagi "Do‘stlik" mehmonxonasi yonida 800 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan "Tafsilot-Press" gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari N.Ashurovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi "a" bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 49
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 1
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 27
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Bo‘limlar