“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:05
ЎЗO‘Z

Advokatlardan tashabbus — tadbirkorlarga yil davomida bepul huquqiy maslahatlar beriladi

08 yanv, 20:47 6 604 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Advokatlardan tashabbus — tadbirkorlarga yil davomida bepul huquqiy maslahatlar beriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi yurtimizdagi korxona va tashkilotlarda chuqur muhokama etilmoqda. O‘zbekiston advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida ham Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyatga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi KUN.UZning Samarqanddagi muxbiri.

Viloyat adliya boshqarmasi, Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirok etgan davra suhbatida boshqarma boshlig‘i O.Ahtamov Prezident tomonidan sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish yo‘lida qator vazifalar belgilab berilganini ta’kidlab o‘tdi.

«Prezident murojaatnomasidan O‘zbekistonda advokaturani rivojlantirish bo‘yicha e’tiborga molik ishlarni amalga oshirish, jumladan, endilikda advokatlarning konsalting xizmatlari — tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatni takomillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi, advokatlar tomonidan yuridik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat ko‘lami kengaytirilishi kerakligi kelib chiqadi», — dedi O.Ahtamov o‘z so‘zida.

Viloyat advokatlari 2017 yilda 20 mingdan ortiq yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar imzolanib, jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishgan. 5 mingga yaqin og‘zaki maslahatlar berilib, 1200 nafar tadbirkor va tadbirkorlik istagi bialn shug‘ullanish istagi bo‘lgan fuqarolarga lokal hujjatlar tayyorlab berilgan.

2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da mahallalar aholisining huquqiy madaniyatini oshirish hamda ularga huquqiy maslahatlar berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. «Xalq qabulxonalari»da ham advokatlarning navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan va u yerda ham fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar, lozim bo‘lganda yozma tushuntirishlar berib kelinmoqda.

2018 yilning «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» munosabati bilan, shuningdek, Prezidentning parlamentga murojaatnomasidan kelib chiqib, 2018 yil davomida davlat ro‘yxatidan o‘tgan barcha tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yil davomida bepul huquqiy maslahatlar berib borish tashabbusi ilgari surildi va yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Murojaat uchun manzil:
O‘zbekiston advokatlar palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi.
Samarqand shahri, O‘zbekiston ko‘chasi 45-uy.
Telefon: (0366) 231-07-48




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar