“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 00:29
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi»

05 yanv, 22:49 9 320 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi» Bugun Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimlarning vazifa va majburiyatlari o‘zgartirilishi haqida gapirgan.

«Hokimlar paxta bilan shug‘ullanmaydi. Ta’lim va ma’naviyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Paxtani klaster tizimi orqali ekamiz. Bu yil viloyatdagi 4ta tumanda klaster bo‘ladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirgan «Xabar.uz».

Prezident shuningdek, Toshkent viloyatidagi muammolar, ularni hal etish yo‘llari haqida gapirgan, mas’ullarga bu borada tegishli topshiriqlar bergan.

«Viloyatning 7 ta shahridagi muammolar bilan Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi shug‘ullanadi. Shaharlar ularga bo‘ysunadi. Agar shundayam o‘zgarish bo‘lmasa, viloyatni ikkiga bo‘laman. Viloyatdagi shaharlar Toshkent shahridagi rahbarlarga bo‘ysunadi. Sektor rahbarlari har kuni Bosh vazirga axborot beradi. Hamma ishning tagida xalqni rozi qilish turadi. Agar rahbarlar yana viloyat hokimi atrofida uyushmasa, viloyat ikkiga bo‘linadi», deb aytgan O‘zbekiston rahbari.

Prezident videoselektor davomida Respublika Bosh prokurori va Ichki ishlar vaziriga viloyat prokurori hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini ishdan olish haqida topshiriq bergan.

Shuningdek, Toshkent viloyatidagi 4ta tumanning soliq va moliya bo‘limlari rahbarlari yoppasiga ishdan ketishi ma’lum qilingan.

Prezident mahalliy byudjetni o‘nglash haqida kuyunib gapirgan.

«Mahalliy byudjetga soliq tushumini bajarmagan 4ta tumanning soliq va moliya bo‘limlari rahbarlari yoppasiga ishdan ketadi. Internetda e’lon qil, ularning o‘rniga odam top!», deya davlat rahbarining so‘zlari keltirilgan xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 0
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 10
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 8
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 18
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Bo‘limlar