“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:18
ЎЗO‘Z

Prezident Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida. Ahvol og‘ir, vaziyat talab darajasida emas

05 yanv, 21:38 9 266 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida. Ahvol og‘ir, vaziyat talab darajasida emas O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 yanvar kuni Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasida bo‘ldi va tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar ahvoli, turmush sharoiti bilan qiziqdi, ular bilan muloqot qildi.

Yangiyo‘l tumanida 262 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tuman tibbiyot birlashmasining ilk binosi 1912 yilda qurilgan. So‘nggi binosi 1979 yilda foydalanishga topshirilgan. Keyingi yillarda binolarda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bugungi kunga kelib shifo maskanining aksariyat binolari ma’nan eskirgan. Tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanish darajasi ham zamon talablariga javob bermaydi. Oddiy holatlarda ham bemorlar poytaxtdagi tibbiyot maskanlariga qatnab, muolaja olishga majbur bo‘lmoqda.

“Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad odamlarni rozi qilish, salomatligini yanada mustahkamlashdir. Joylardagi ahvol bilan tanishayotganimiz, tibbiyot muassasalardagi sharoitlarni o‘rganayotganimiz kelgusida ishlarimizni to‘g‘ri yo‘lga solishda yaxshi samara beradi”, dedi Prezident.

Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi hududi salkam 10 gektarni tashkil etadi. Davlat rahbari bu yerda yaqin kelajakda 5 gektarda 20 dan ortiq yo‘nalishda xususiy, qolgan qismida davlat tibbiyot muassasalarini tashkil etish, ularni eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida Zangiota tumanidagi “Highway Logistics” ligistika markazi faoliyati bilan tanishdi. Yangiyo‘l shahridagi “Fayzli” mahallasida mehmon bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 106
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar