“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:02
ЎЗO‘Z

Prezident ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi

05 yanv, 16:19 6 654 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident ko‘rsatilayotgan kommunal xizmat bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 yanvar kuni Toshkent viloyatiga uyushtirgan tashrifi chog‘ida Yangiyo‘l shahridagi “Fayzli” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Shu yerda Yangiyo‘l shahrinining Bosh rejasi loyihasi, shahardagi ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Yangiyo‘l shahrida 86 ming 800 aholi istiqomat qiladi. Bu hududda 241 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.

Prezidentga taqdim qilingan loyihalarda shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash dasturi, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida suv ta’minotini yaxshilash, Chirchiq shahrining issiqlik tizimini takomillashtirish kabi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Davlat rahbari “Fayzli” mahallasi profilaktika inspektori uyida bo‘ldi.

Aholi bilan muloqot qildi.

Prezident Yangiyo‘l shahridagi mavjud ko‘p qavatli uylarni to‘liq ta’mirlash, 7 qavatli 12 ta yangi ko‘p qavatli uy-joy, zamonaviy bog‘, bozor, supermarket, ko‘prik qurish bo‘yicha mutassaddilarga topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bo‘lib, “Highway Logistics” logistika markazi faoliyati bilan tanishgan edi.

Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Ikki murg‘ak qalb onasi bilan uyga kiritildi 20 sen, 18:00 16
  • M25 konida halok bo‘lganlarning yaqinlari: “Yigitlarni o‘limning og‘ziga olib borishgan” 20 sen, 17:30 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar