“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:20
ЎЗO‘Z

Arzon uylardan birini olish uchun nima qilish kerak?

05 yanv, 12:30 6 800 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Arzon uylardan birini olish uchun nima qilish kerak? Ayni paytda O‘zbekistonning turli shaharlarida arzon uy-joylar qurilishi jadal tarzda davom etmoqda. Tabiiyki, aholida bunday uy-joyni kimlar olishi, arizani kimga topshirish kerakligi to‘g‘risida savol paydo bo‘ladi.

Adliya vazirligi tarqatgan xabarda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qaroriga asosan shaharlarda qurilayotgan 5, 7 va 9 qavatli arzon ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni jismoniy shaxslarga biriktirish tuman hokimliklarida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs hududiy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

-ariza;

-qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxsning quyida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar:


-o‘z uy-joyining yo‘qligi yoki eskirgan uylarda yashash;

-bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;

-ko‘p bolali oila;

-ona (ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi;

-ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;

-oila tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi;

-turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.

-tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.

Hududiy komissiya har yili:

-joriy yil Dasturi doirasida qurilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi barcha kvartiralarni biriktirishni 1 fevralgacha bo‘lgan muddatda tugallaydi;

-bo‘lajak yilda quriladigan ko‘p kvartirali uydagi barcha kvartiralarga potensial qarz oluvchilarning to‘liq ro‘yxatini

1 aprelgacha bankka taqdim etadi.

Jismoniy shaxs dastlabki badal mablag‘larini unga kvartira biriktirilgandan keyin 60 kalendar kundan kechikmay 20406-son alohida jamg‘arma depozit hisob raqamiga to‘lashi shart.

Kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal to‘lanmagan taqdirda hududiy komissiyaning kvartirani jismoniy shaxsga biriktirish haqidagi protokol qarori o‘z kuchini yo‘qotadi.​

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 119
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar