“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:40
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Xitoyning Unionpay kartalari orqali to‘lov imkoniyati paydo bo‘ldi

04 yanv, 15:18 6 904 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Xitoyning Unionpay kartalari orqali to‘lov imkoniyati paydo bo‘ldi O‘zbekistonda ilk bor Uzcard tizimi orqali Unionpay International xalqaro to‘lov kartalarida tovar va xizmatlar uchun pul to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi. Mazkur xizmat Yagona umumrespublika protsessing markazi va "Qishloq qurilish bank" hamkorligida yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga o‘rnatilgan "Qishloq qurilish bank" terminallarida bir vaqtning o‘zida Uzcard va Unionpay International xalqaro to‘lov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning uchun bank terminallariga maxsus dasturni yuklab olinsa kifoya.

Bugungi kunda sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan viloyatlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarida joylashtirilgan terminallarni ushbu xizmatga ulash ishlari boshlab yuborildi.

Bu xizmatning joriy etilishi xorijlik mehmonlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Kelgusida "Qishloq qurilish bank" faqatgina Unionpay International tizimi bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa xalqaro to‘lov tizimlarini ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, China UnionPay 2002 yilda Xitoy milliy to‘lov tizimi sifatida yaratilgan. Hozirda Unionpay kartalari dunyoning 156 mamlakatida qabul qilinadi.

MDH davlatlarida UnionPay kartalari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjonda to‘lov uchun qabul qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 22
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar