“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:00
ЎЗO‘Z

Suyultirilgan gaz narxi oshiriladi

04 yanv, 07:00 13 712 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suyultirilgan gaz narxi oshiriladi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 dekabrdagi 1033-qarori bilan suyultirilgan gaz sotish va yetkazib berishda suiiste’molliklarning oldini olish maqsadida aholiga suyultirilgan gazni sotish narxlari belgilandi. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi «Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitlarida iqtisodiyotning bazaviy sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3253 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan aholiga sotiladigan 1 kilogramm suyultirilgan gazning narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, qolgan hududlarda 500 so‘m etib belgilangan.

2018 yil 1 avgustdan boshlab esa Respublikaning barcha hududlarida suyultirilgan gaz aholiga 1 kg uchun 800 so‘mdan yetkazib beriladi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda 1 kg suyultirilgan gaz narxi 372 so‘m.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur qaror bilan belgilangan yagona chakana narx, shuningdek, aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun «O‘ztrans» AJ va yoki uning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy filiallari orqali sotiladigan suyultirilgan gazning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishining tizimli nazoratini ta’minlashi belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 100
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar